Olenek

Olenek — Saxa (Yakutiya)dagi daryo, bosh qismi Krasnoyarsk o’lkasida. Uzunligi 2292 kilometr, havzasining maydoni 220 ming km2. Vilyuy platosidan boshlanadi. Chapdan Bur daryosi quyilgandan keyin shimoliy Sibir pasttekisligi bo’ylab shimoliy-g’arbga buriladi. Laptevlar dengizining Olenek qo’ltig’iga quyilish joyida Delta (maydoni 475 km2, uzunligi 20 kilometr) hosil qilgan. Yirik irmoqlari: chapdan — Bur, Buol- Kalax. Qor va yomg’irdan to’yinadi. Quyilish joyida o’rtacha suv sarfi 1210 m3/ sekund. Sentabr oxiri — oktabrda muzlab, may— iyunda muzdan bo’shaydi. Daryoda baliq turi ko’p. Olenek bo’yida Olenyok, Taymilir, Ust-Olenyok aholi punktlari joylashgan.