Okladnikov Aleksey Pavlovich
Okladnikov Aleksey Pavlovich [1908.20.9, Konstantinovshchina (hozirgi Irkutsk viloyati) — 1981.18.11, Moskva] — rus arxeologi, tarixchi va etnograf. SSSR Fanlar Akademiyasi akademik (1968 yildan). 1966 yildan Fanlar Akademiyasi Sibir bo’limining Tarix, Filologiya va falsafa instituti direktori. Teshiktosh g’oriazm neandertal odamning bosh suyagi qoldiqlarini topgan va o’rgangan (1938— 39). Sibir, O’rta Osiyo va Mongoliya arxeologiyasi, etnografiyasi sohasida uzoq vaqt ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Mongoliya hududida birinchi bor paleolit davri yodgorliklarini tekshirgan. O’rta Osiyoda tosh davriga oid yodgorliklarni qazish va ilmiy tadqiq qilishda faol ishtirok etgan. O’zbekistonda tosh davrining o’rganilishiga asos solgan. As: neolit i Bronzoviy vek Pribaykalya, t. 1-3, M— L., 1950-53; Tsentralnoaziatskiy ochag pervobitnogo iskusstva, Novosibirsk, 1972.