Oklaxoma-Siti

Oklaxoma-Siti – AQShning Janubiy qismidagi shahar. Oklaxoma shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 506,1 ming kishi (2000), shahar atrofi bilan 1 million. Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xo’jalik rayonining savdo-moliya markazi. Aviatsiya, avtomobilsozlik, radioelektronika (jumladan, EHM va aloqa vositalari ishlab chiqarish) sanoatlari rivojlangan. Metallsozlik, neft sanoati uchun jihozlar, kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari, universitet bor.