Karton

Karton (tasviriy san’atda) — Yirik hajmli (ba’zan bo’yalgan) rasm; kelajakda yaratiladigan asar — freska, mozaika, vitraj, shpaler hajmida qog’oz (ba’zan yupqa mato)ga ko’mir, sangina yordamida ishlanadi. Bezak mujassamotini devorga ko’chirishda Karton chizig’i teshib chiqiladi. Karton Uyg’onish davri va 17-18- asrlar Yevropa rassomlari ijodida keng tarqalgan. Buyuk rassomlar (Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo va boshqalar) yaratgan ko’plab Kartonlar alohida yuksak san’at asari sifatida tan olinadi. O’zbekistonda monumentalist rassomlar (Ch. Ahmarov, R.Xudoyberganov va boshqalar) ham Karton yaratgan.