Kaolinit
Kaolinit — qat-qatli silikatlar kenja sinfiga mansub mineral, kimyoviy tarkibi Al4[Si4Ol()](OH)8. Gillarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Kaolinitning politipli modifikasiyalaridan dikkit va nakrit ma’lum. Monoklin singoniyali, olti qirrali kristallchalar shaklida. Qattiqligi 1 — 1,5; zichligi 2,5—2,7 g/sm3, kuchli gigroskopik. Sof holda rangi oq, qo’shimchalari bo’lsa sarg’ish, ba’zan qizil, qora va och-yashil rangda ham bo’ladi. Kaolinit keng tarqalgan ikkilamchi mineral. Nurash jarayoni mahsuli. Turli cho’kindi tog’ jinslari tarkibida mavjud. H2S04fl a qaynatilganda eriydi. Quruq Kaolinit suvni tez shimadi va yopishqoq gil hosil qiladi. Kaolinit, asosan, kaolinlanish natijasida hosil bo’ladi, O’zbekistonda keng tarqalgan. Chinni va fayans, keramika, rezina sanoatida, qurilishda, qog’oz ishlab chiqarishda (to’ldiruvchi va qoplovchi) ishlatiladi. Kaolinitdan alyuminiy ham olish mumkin.