Kanada arktika arxipelagi
Kanada arktika arxipelagi -shimoliy Muz okeanidagi yirik orollar guruhi, shimoliy Amerikaning eng shimoliy sohili yaqinida, Kanadaga qarashli. Maydoni 1,3 million km2. Yirik orollari: Baffin yeri, Elsmir, Viktoriya. Materik sayozligida joylashgan. Relefi, asosan, tekislikdan iborat, Sharqiy qismidagi tog’larning eng baland joyi 2926 metr (Elsmir orolda). Neft, tabiiy gaz, temir, mis rudasi konlari bor. Iqlimi keskin, Arktika iqlimi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -23° dan -35° gacha, iyulniki 7-4°. Mutlaq minimum temperatura -50°. Yillik yog’in Janubi- sharqida 400-450 mm, shimolda 100 mm. Ko’p yillik muzloq yerlar, muzliklar bor. Muzliklar siljib, dengizga uzilib tushib turadi. O’simlik dunyosi Arktika sahrosi (shimolda) va moxlishaynik tundrasidan (Janubda) iborat. Orollarda shimol bug’usi, oq ayiq, qutb tulkisi yashaydi. Yozda qushlar ko’p bo’ladi. Aholi, asosan, bug’uchilik, ovchilik, baliq ovlash bilan shug’ullanadi. Asosiy aholi punktlari: Frobisher-Bey, Keymbrij-Bey, Rezol yut.