Ost-Indiya

Ost-Indiya (inglizcha East Indies — Sharqiy Hindiston) — Hindiston hamda Janub va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi ba’zi mamlakatlar hududlarining yevropaliklar o’rtasidagi eski nomi. Vest-Indiya terminining aksi sifatida vujudga kelgan. O’sha vaqtlarda Amerikaning Karib dengizidagi X. Kolumb kashf qilgan orollarini «Hindiston» deb hisoblagan yevropaliklar sharqqa tomon sayohat qilib, haqiqiy Hindistonni topgach, uni Ost-Indiya deb atadilar. Angliya, Gollandiya va Frantsiya Ost-Indiya kompaniyalarining mustamlakachilik faoliyatlari natijasida Ost-Indiya nomi uzoq vaqt saqlanib keldi.