Otquloq

Otquloq (Rumex) — torondoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik o’simliklar turkumi. O’zbekistonda 16 turi mavjud. Shulardan ekma. Otquloq, shovul, jingalak Otquloq (R. crispus L.), qizg’ish Otquloq (R. conglomerates Murr.), Suriya Otquloqg’i (R.syriacus Meisn.), Drobov Otquloqg’i (R.drobovii Korov.) uchraydi. Ildizi o’q ildiz, yo’g’on, poyasi ko’p qirrali, bo’g’imli, yuqori qismi kamshox. Ildiz oldi barglari uzun bandli, barg plastinkasining tubi o’qsimon (nayzasimon), uchburchak-tuxumsimon yoki keng nashtarsimon, poyasidagisi cho’ziq-nashtarsimon, poya bo’g’imlarida ketma-ket o’rnashgan. Gullari bir jinsli, mayda, to’pguli ro’vaksimon. May oyidan sentabrgacha gullab urug’laydi. Mevasi 3 qirrali yong’oqcha. Otquloq nam yerlarda, o’tloqlarda, tog’yonbag’irlarida o’sadi. Tibbiyotda dorivor Otquloq, mayda bargli Otquloq yoki shovul va oddiy Otquloqdan foydalaniladi. Otquloq S, V va boshqa vitaminlarga boy bo’lganligi sababli ovqatga ishlatiladi.