Oqin

Oqin — qozoq va qirg’izlarning badihago’y shoiri, kuychisi. Oqin an’anaviy matnni aynan takrorlamay, ijodiy o’zgartishlar ham kiritadi. Oqinlar ijodkor sifatida jirov va jirchilardan farq qilib, do’mbira jo’rligida poetik folklorning barcha janrlari (Doston, to’lg’ov, terma, qo’shiq) namunalarini ijro etadilar, oilaviy marosimlarda ishtirok etadilar, ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir asarlar yaratadilar. Jambul jabayev, To’g’aloq Mo’lda, Moylixo’ja, To’xtag’ul Sotilg’anov kabi Oqinlar xalq orasida mashhur. O’zbeklarda ayrim joylarda (Toshkent va Sirdaryo atroflarida) Oqin atamasi dostonchi ma’nosida, ba’zan so’zamol, chechan kishilarga nisbatan qo’llanadi.