Oq Nil
Oq Nil, Bahr ul-Ab’yaz (Arab, bahr — Daryo, ab’yaz — oq) — Nil daryosining chap irmog’i, Al-g’azal daryosi quyilgan joydan ko’k Nil daryosi quyiladigan joygacha bo’lgan qismining nomi. Uzunligi 957 kilometr. Eng katta irmog’i (o’ngdan) Sabat (u to’lib oqqan vaqtlarda ko’plab oqish rangdagi mu-allaq oqiziqlar keltiradi; Daryo nomi ham shundan). Sabat qo’shilgan joydan ko’k Nil quyiladigan joygacha juda sekin oqadi. Yuqori qismida yillik o’rtacha suv sarfi 453 m3/sekund, Xar- tum sh. yonida esa 800 m3/sekund. Nil suvini tartibga solish uchun Xartum shahridan 40 kilometr yuqorigato’g’on qurilgan. Oq Nildan sug’orishda foydalaniladi, baliq ovlanadi. Kema qatnaydi.