Oq Idil
Oq Idil — Boshqirdiston Respublikasidagi daryo. Kamaning chap irmog’i. Uzunligi 1430 kilometr, havzasining maydoni 142 ming km2. Iremel shahri sharqidan (Janubiy Ural) boshlanadi. Yuqori oqimida Janubiy Ural tog’lari orasidan, Ufa daryosi quyiladigan joydan quyiroqda tekislikda oqadi. Asosan, qordan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi Birsk yaqinida 858 m3/sekund. Noyabrda muzlab, aprelda muzdan bo’shaydi. Asosiy irmoqlari: o’ngda — Nugush, sim, bir, tanip, Ufa; chapda — Ashkadar, Urshak, Karmasan, Chermasan, baza, Syun, Dyoma. Ufa shahridan boshlab kema qatnaydi. Oq Idil bo’yida Beloresk, Salavat, Shimbay, Sterlitamak, Ufa, Birsk shaharlari joylashgan.