Osiyo

Osiyo (Yunoncha Asia, ehtimol ossuriycha ASU — Sharq) — yer sharidagi eng katta qit’a (butun quruqlik maydonining 30% chasini egallagan). Yevrosiyo materigining bir qismi. Umumiy ma’lumot. Osiyo Shimoliy yarim sharning barcha geografik mintaqalarini o’z ichiga oladi; Malay arxipelagi qisman Janubiy yarim sharga kirib borgan. Osiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari: shimolda Chelyuskin burni (77°43′ sh.k.), Janubda Piay burni (26°10′ shq.u.), Sharqda Dejnyov burni (169°40′ G’.u.) g’arbda bobo burni (26°10′ shq.u.). Osiyo shimoldan Shimoliy muz okeani, sharqdan tinch okean, Janubdan Hind okeani, Janubi-g’arbdan atlantika okeani dengizlari (O’rta, Egey, Marmar, qora, Azov) va Kaspiy dengizi bilan o’ralgan. Bering dengizi Osiyoni Amerikadan ajratib turadi. Suvaysh bo’yni Osiyoni Afrika bilan tutashtiradi. Yevropa bilan Osiyo chegarasi shartli ravishda Ural va Mug’ojar tog’larining Sharqiy etagidan, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kuma va Manich daryolari bo’ylab o’tadi. Maydoni 43,4 million km2 (Kavkaz bilan); shundan 8 million km2 yarim orollar (Yamal, Taymir, Chukotka, Kamchatka, Koreya, Hindixitoy, Hindiston, Arabiston, Kichik Osiyo), 2 million km2 dan ortig’i orollardir (Severnaya Zemlya, Novaya Sibir, Vrangel, Kuril, Saxalin, Yapon, Rkjyu, Tayvan, Xaynan, Malay arxipelagi, Andaman, Shri Lanka, Kipr). Osiyo dunyoda mutlaq balandliklari katta farq qiladigan qit’adir. Dunyodagi eng baland cho’qqi (Himolay tog’laridagi Jomolungma cho’qqisi, 8848 metr), eng chuqur botiqlar — ko’l bo’lib qolgan bo-tiqlar ham (eng chuqur joyi 1620 metr bo’lgan Baykal ko’li, dengiz sathidan 392 metr past bo’lgan o’lik dengiz), ochiq botiqlar ham (mutlaq belgisi — 154 metr bo’lgan Turfon soyligi) Osiyodadir. Tabiati. Orografiyasining asosiy xususiyatlari. Osiyo maydonining 3/4 qismi tog’lar va yassitog’lardir. Eng baland tog’lar Markaziy va O’rta Osiyodadir. Tibet, Tyanshan, Pomir, Himolay, Hindukush, Qoraqurum va O’rta Osiyodagi bir qancha tog’ tizmalarining balandligi 7000 metrdan oshadi. Kichik Osiyodagi, Armaniston, Eron tog’liklari, Hindixitoy yarim oroli, Yapon Osiyolari va boshqa orollardagi tog’lar ham ancha baland. Keng O’rta Sibir yassitog’ligi Janubdan Oltoy, G’arbiy va Sharqiy Sayan tog’lari bilan o’ralgan; undan sharqda Baykalbo’yi va Zabaykale tog’lari, stanovoy va Aldan tog’liklari joylashgan. Rossiya Federatsiyasining shimoli-sharqida yuqori yana, Cherskiy tizmalari, Kolima tog’ligi, Chukotka va Kamchatka tog’lari bor. Kamchatkada, Sharqiy Osiyo orollarida va Malay arxipelagida so’nmagan vulkanlar bor. Osiyo maydonining 1/4 qismi tekisliklardan iborat. Eng yirik tekisliklari: G’arbiy Sibir, Turon, Buyuk Xitoy, Hind-Gang, Mesopotamiya. Tog’lar orasidagi balandroq tekisliklar — Qashqar, Jung’oriya, Gobi, Tsaydam va Farg’ona vodiylari. Relefi. Tog’lar va tekisliklarning asosiy xususiyatlari mezozoy va Alp tog’ burmalanishlarida tarkib topgan. Neogen va antropogen davrlardagi vertikal harakatlar Markaziy Osiyoda, ayniqsa, kuchli bo’lgan (Pomir, Tibet, Himolay tog’lari 4000 metrdan ko’proq ko’tarilgan, materikning Sharqiy chekkasi 700 metrgacha cho’kkan). Kopetdog’, Farg’ona tizmalari, Tyanshan, Hisor-olay tog’lari ham anchagina ko’tarilgan. Eroziya ta’sirida ko’pgina qadimgi yassitog’liklar juda o’ydim-qir tog’li o’lkalarga aylanib qolgan. O’rta va Markaziy Osiyoda keng maydonlar lyoss bilan qoplangan. Antropogen davrida shimoliy-g’arbiy Osiyoning 60° sh.k.dan shim. qismini yoppasiga bir necha bor muzlik bosgan va qaytgan. O’sha zamonlarda tog’larni muz qoplagan. Qoraqurum, Pomir, Tyanshan, Hindukush, Himolay tog’larida hozir ham muzliklar bor. 47° sh.k.gacha zamin qishin-yozin muzlab yotadi. Osiyo relefining tarkib topishida vulkan hodisalari katta rol o’ynagan. Hindiston yarim oroli va O’rta Sibir qadimgi vulkan jinslari (trapplar) yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy Osiyodagi qator orollarda, Kamchatka yarim oroli, Filippin, Katta va kichik zond Osiyolarida yosh vulkan relefi shakllari va zamonaviy vulkanizm hodisalari uchraydi. Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Osiyo proterozoy erasining oxiridan buyon burmalanmagan bir qancha yirik tokembriy platformalaridan hamda bu platformalar orasida joylashgan va qisman dengiz tubiga kirib ketgan burmali keng o’lkalardan iborat. Tokembriy platformalarining eng yiriklari: shimolda Sibir platformasi, Sharqda Xitoy-Koreya platformasi va Janubiy Xitoy platformasi, Janub va Janubi- g’arbda Hindiston platformasi. Bular Osiyo materigining qadimgi qismlaridir. Platformalar yoki platformalarning ayrim qismlari orasida paleozoy, mezozoy va kaynozoy geosinklinallarida paydo bo’lgan burmali tog’ mintaqalari materiklarning ana shu qadimgi yadrolarini bir butun qilib birlashtirgan. Osiyo g’arbiy qismining geologik tarixida Sharqiy Yevropa platformasi muhim rol o’ynagan — paleozoy oxirida shu platformaning Sharqiy chekkasi bo’ylab Ural va Markaziy Qozog’iston burmali tog’lari ko’tarilgan, oqibatda Yevropa bilan Osiyo bir- biriga qo’shilib Yevrosiyo paydo bo’lgan. Gersin burmali tog’lari Sharqiy Yevropa va Sibir platformalari orasida shimoliy-Sharqiy va meridian yo’nalishda (Taymir, Ural), Qozog’iston, Salair va Janubiy Oltoyda shimoliy-g’arbiy yo’nalishda, Tyanshan, Mongoliyada, Xitoyning g’arbiy qismlarida kenglik bo’ylab (Kunlun, Nanshan), Dunbeyda shimoliy- Sharqiy yo’nalishda cho’zilgan. Alp burmalanishi Alp (Alp- Himolay) burmali oblastini o’z ichiga oladi. Bu yerda mezozoy erasida Tetis geosinklinali 2 mustaqil materik — Angarida va Gondvanani bir-biridan ajratib turgan. Kavkaz, Turkmaniston- Xuroson, Paropamiz, Hindukush, Pomir, Hisor-Olay, Tavr, Zagros, Makron, Sulaymon, Himolay tog’lari Alp burmalanishida paydo bo’lgan. Osiyoning eng Sharqiy chekkasi hozirgi zamon geosinklinal mintaqasidan iborat bo’lib, materikni tinch okean qa’ridan ajratib turadi. Neogen va antropogenda Osiyo materigida yer pusti vertikal va gorizontal yo’nalishda harakat qilgan. Baland tog’lar 1-4 kilometr va undan ham ko’proq ko’tarilgan (masalan, Tibet, Pomir), tog’lar orasidagi botiklar va chekka dengizlar (Yapon, Oxota va boshqalar) esa hiyla cho’kkan. Shunday qilib, Osiyo qit’asi qiyosan yaqin geologik davrlarda shakllangan. Paleozoy boshlarida Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy platformalari quruqlik bo’lgan yoki sayoz dengiz tubida yotgan. Hindiston platformasi va Arabiston yarim oroli platformasi Gondvana materigining tarkibiy qismi bo’lib, ular Tetis geosinklinali parchalanib ketgandan so’ng Angaridaga qo’shilib, Osiyo materigini hosil qilgan. Osiyo foydali qazilmalari nihoyatda xilma-xil. Qozog’iston (Qarag’anda havzasi va boshqalar), Sibir (Kansk-Achinsk, Lena, Kuznesk, Minusinsk, Tunguska havzalari), uzoq Sharq (Saxalin Osiyo, Primore), Xitoy, Koreya, Hindiston, O’rta Osiyo, Vetnam va Yaponiyada kumir konlari bor. Osiyodagi Zakavkaze, G’arbiy Sibir tekisligi, Turkmaniston, Mang’ishloq yarim oroli, Kaspiy bo’yi pasttekisligi, Saxalin, Fors qo’ltig’i sohili — Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Katar, Iroq, Eron, BAA neftga boy rayonlar; Xitoy (Gansu viloyati), Indoneziya (Sumatra Osiyo), Xindiston, Bruney, Yaponiya (Xonsyu oroli) va boshqa ba’zi mamlakatlarda ham neft qazib olinmoqda. Yonuvchi gaz konlari O’zbekiston (Gazli, Buxoro depressiyasidagi boshqa konlar), G’arbiy Sibir tekisligi, Mang’ishloq yarim oroli, Yaqin va O’rta Sharqning yuqorida tilga olingan mamlakatlarida joylashgan. Osh tuzi konlari Sibir platformasi, Pokiston, Eron, Kaspiy bo’yi paettekisligi, O’rta Osiyoda. Temir rudasi konlari — Oltoy landshafti. Qozog’iston, Sibir, Xitoy, Shim. Koreya, Hindistonda. Hindiston, Zakavkazeda yirik marganes konlari bor. Xrom rudasi konlari — Krzog’iston shimoli-g’arbi, Turkiya, Filippin, Eronda. Nikel — Norilskda, mis rudasi — Qozog’iston (Jezqazg’an, Qo’ng’irot va boshqalar), Sibir shimol, Yaponiyada; polimetall rudalari — O’rta Osiyo (Qoramozor, Qoratov va boshqalar), Rudali Oltoy, Yaponiya, Sharqiy Xitoy, Myanma, Vetnamda. Boksit — Qozog’iston, Krasnoyarsk o’lkasi, Hindiston, Myanma, Indoneziyada; fosforit — Qozog’iston; qalay — Sharqiy Sibir, Uzoq Sharqda. Oltin — Shimoliy- Sharqiy Sibir, Aldan, Lena daryosi bosh tomoni, Amur-bo’yi, Qozog’istonning shimol, O’zbekiston, Koreya yarim oroli, Yaponiyada va hokazolar. Olmos konlari Yakutiyaning g’arbiy Femida ishga tushirilgan. Iqlimi. Quruqyaik maydonining kengligi, tog’to’siqlari va berk botiqlarning ko’pligi, quyosh radiatsiyasi, atmosferadagi harakatlar iqlimning xilma-xil bo’lishiga imkon bergan. Osiyoda barcha iklim zonalari — tundra iqlimi zonasidan ekvatorial va Janubiy tropik iqlim zonalarigacha uchraydi. Osiyo ko’p qismining iklimi kontinental. Atlantika havosi Osiyoga yetganda kontinental havoga aylanadi. Tinch okeanning dengiz havosi Osiyoning Sharqiy chekkasiga ta’sir etadi. Shimoldan Osiyoga Arktika havosi bemalol kirib keladi. Osiyo Janubda tropik va ekvatorial havo massalari hukmron. Yozda suv yuzasiga nisbatan quruqlikning tezroq isishi va qishda kuchliroq sovishi atmosfera harakatlarida mavsumiy o’zgarishlarga olib keladi. Qurukdikning qishda sovib ketishi shimol va Markaziy Osiyoda ko’p oylar davomida ayozli antisiklon turishiga sabab bo’ladi. Eng past temperatura shim. yarim sharning sovuqlik qutbi joylashgan shimoli-Sharqdadir (Verxoyansk, Oymyakon), bu yerda ayrim hollarda sovuq -70° ga yetadi, yanvarning o’rtacha temperaturasi -50° dan ham past. Yozda G’arbiy, O’rta va Markaziy Osiyoda jazirama va quruq kontinental tropik havo tarkib topadi. Yozda butun Osiyo ustida, xususan, Janubiy qismida bosim past bo’ladi. Osiyo depressiyasi (past bosim) markazi Hindiston yarim orolining g’arbiy qismidadir. Depressiyaning Janubiy chetlari bo’ylab, Osiyoga yozgi musson kirib kelib, Hindiston yarim oroli, Himolay Janubiy va Hindixitoy yarim orolida ko’plab yomg’ir yog’ishiga sabab bo’ladi. Sharqiy Osiyo yozda tinch okean qutb fronti ta’sirida turadi. Yozgi musson ko’plab yogin olib keladi. Kuzda Sharqiy Osiyo qirg’oqlari yaqinida qattiq dovul — tropik tsiklon (tayfun) turib, jala yog’adi. Sibirning ko’pgina qismida yanvarning o’rtacha temperaturasi -20°, Verxoyanskda -50°, Tinch okeanning shimol Osiyo qirg’oqlari yaqinida esa -15°, -5°. Osiyo yanvar izotermasi Samarqand, Nankin va Tokiodan o’tadi. Tropiklarda qishda temperatura 20°-25°. Iyulda G’arbiy Osiyo va O’rta Osiyo (o’rtacha temperatura 30° va undan baland), Taklamakon va tar cho’llari ayniqsa isib ketadi. 20° izoterma 55-60° sh.k. gacha yetib boradi. Shimoliy Osiyoda doimiy to’ng yer ko’p. Ekvatorial mintakada yiliga 2000 mm, Janubiy va Sharqiy Osiyoning dengiz sohilidagi shamolga ro’para yon bag’irlarda 2000 — 3000 mm (ba’zi joylarda 8000-12000 mm) yog’in yog’adi. 1861 yil Cherapunjida 22900 mm yog’in yoqqan. Sharqiy Sibirda 350 mm dan kam, O’rta, Markaziy va G’arbiy Osiyo cho’llarida 150— 200 mm, ba’zi joylarda 100 mm dan kam yog’in yog’adi. Ichki suvlari. Osiyo — Azim daryolar o’lkasi. Ob (Irtish bilan), Enisey (Angara bilan), Lena (Aldan, Vilyuy bilan), yana, Indigirka, Kolima shimoliy Muz okeaniga, anadir, Amur (Sungari, Ussuri bilan), Xuanxe, Yantszi, sitszyan, Mekong, menam tinch okeanga, Saluin, Iravadi, Brahmaputra, Gang, Hind, Shatt ul-Arab Hind okeaniga quyiladi. Osiyoda kichikroq daryolar Azov, Qora, O’rtadengizlarga quyiladi. Kura, Amudaryo, Sirdaryo, ili daryolari kaspiy, Orol dengizlari va Balxash ko’liga quyiladi. Berk havza daryolarining bir qismi ko’llarga quyiladi, bir qismi qum yoki sho’rxoklarga singib ketadi yoki butunlay sug’orishga sarf bo’ladi (Tarim, Chuy, Hilmand). Osiyoning eng yirik ko’llari Kaspiy va Orol dengizlaridir. Hozir Orol qurib, juda kichrayib qolgan. Baykal, Issiqko’l, Xubsugul ko’llari, ulik dengiz, Van, Urmiya, Teles ko’llari tektonik botiqlardadir. Bir qancha ko’llar tog’larning qulashidan (Sarez ko’li), karst natijasida (G’arbiy Tavr ko’llari) paydo bo’lgan, shuningdek, sho’r ko’l ko’p (Kukunor, tuz va boshqalar). Daryolarga GESlar qurilishi natijasida yirik suv omborlari vujudga kelgan: Bratsk (Angara), Krasnoyarsk (Enisey), Novosibirsk (ob), Buxtarma (Irtish), Farhod, Qayroqqum, Chordara (Sirdaryo) suv omborlari va hokazolar. Qurg’oqchil o’lkalarda yer osti suvlari katta ahamiyatga ega. O’rta, Markaziy va G’arbiy Osiyodagi vohalarda buloq, quduq va artezian suvlaridan keng foydalaniladi. Osiyoning daryo va ko’llari muhim transport yo’llaridir. Ko’pgina daryolar katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Yaponiya, Koreya va Xitoyda energiyadan, ayniqsa, ko’p foydalaniladi. Tuproqlari. Osiyoda yer sharidagi barcha tuproq tiplari uchraydi. Shimoldan Janubga tomon issiqlikning orta borishi va namlik rejimining o’zgarishi bilan tuproqlar ham almashina boradi. Osiyoda podzol tuproq ayniqsa ko’p maydonni egallagan. G’arbiy, Markaziy va O’rta Osiyoda bo’z tuproqlar, qo’ng’ir o’rmon tuproklari eng ko’p maydonni egallagan. Subtropik tog’larda va mo’tadil mintaqaning Janub qismi, sharqi va garbida tog’-o’rmon ko’ng’ir tuproqlari, Tibet tog’ligida baland cho’l tuproqlari va tog’o’tloqi tuproqlari asosiy tuproq tiplaridir. Xitoyning chekka Janubi-sharqida Yaponiya, Xindiston, Hindi-Xitoy va Indoneziyada qizil tuproqlar asosiy o’rin tutadi. Vodiylar va deltalarda o’tloq va allyuvial o’tloqi tuproklar keng maydonni egallagan. O’simliklari. Osiyo ikki fitogeografik oblastga — Golarktika oblasti bilan Paleotropik oblastiga kiradi. Paleotropik flora doimiy issiq iqlim sharoitida rivojlangan bo’lib, turlarga nihoyatda boy. Golarktika florasi muz bosishlar, tog’ko’tarilishlari ta’siridan ancha kamayib ketgan. Shimoldan janubga tomon iqlimning o’zgarishi bilan o’simlik tiplari ham o’zgara boradi — bu yerda tundradan tortib Janubiy yarim shardagi sernam ekvatorial urmonlar va savannalargacha uchraydi. Chekka shim.da tundra zonasi joylashgan. Tundrada o’rmon yo’q. Tundra bug’ular yaylovi (lishaynikli tundra — qishki yaylov, o’tli va butali tundra —yozgi yaylov) hisoblanadi. Tundradan Janubda o’rmonli tundra joylashgan; o’rmonli tundrada tundra bilan birga siyrak pakana yel o’sadigan o’rmonli joylar ham uchraydi. Undan Janubda o’rmonlar zonasi joylashgan; urmonlar zonasi aksari taiga o’rmonlaridan iborat; mayda bargli va keng bargli o’rmonlar (Sharqda) kamroq maydonni egallagan. Sibirning Janubiy- g’arbiy hududlarida, Zabaykale va Mongoliyaning shimol qismlarida, shuningdek, Xitoyning shimoli-sharqida o’rmonli dasht va dasht o’simliklari; Qozog’istonning Janubda, O’rta va Markaziy Osiyoda, shuningdek, G’arbiy Osiyo tog’liklarida va Arabiston yarim orolida chala cho’l va cho’l o’simliklari o’sadi. O.ning g’arbiy qismlarida O’rta dengiz tipidagi o’simliklar uchraydi. Sharqiy Osiyoning subtropiklarida doim yashil va aralash musson o’rmonlari hamda savannalar tarqalgan, dengiz sohilidagi shamolga ro’para yon bag’irlarni doim yashil o’rmonlar qoplab olgan. Tog’larda o’simliklar balandlik mintaqalarini hosil qilgan, tog’tundrasi, tog’taygasi, tog’-o’rmonlari, tog’dashtlari va cho’llari, tog’subtropik va tropik o’simliklari uchraydi. Hayvonot dunyosi. Osiyo faunasi materik faunasidan iborat. Endemik hayvonlardan hind fili, ulkan panda, ikki o’rkachli tuya, Tailand g’orlarida juda kichik ko’rsichqon-uzuntumshuq, Yaponiyaning Janub sohillari yaqinida changallari uzunligi 2 metrli o’rgimchak va boshqalar bor. Ko’pgina hayvonlari Yevropa, shimoliy Amerika va Afrika hayvonlariga o’xshaydi. Arabiston yarim orolining janubi Afrika bilan birgalikda Efiopiya Zoogeofafik oblastiga kiradi. Fil, karkidon, bug’u, tovuslar ana shu oblastga xos hayvonlardir. Kichik zond orollari Avstraliya zoogeografik oblasti tarkibida. Janubiy Osiyoning boshqa rayonlari Hindiston-Malay oblastiga kiradi. Osiyoning qolgan qismi Golarktika oblastining Yevrosiyo qismiga — Pale-Arktikaga mansub. Shimoliy sohillar, tundra, tayga, dasht, cho’l, tog’cho’llari, Markaziy Osiyo tog’lari, uzoq Sharqning keng bargli va subtropik o’rmonlari, Janubiy Osiyo tropik o’rmonlari zoogeofafik zonalari bor. Keng maydonlarda inson ta’sirida hayvonot dunyosi o’zgarib, kamayib qolgan (sharqiy Xitoy, Hindiston, Yava oroli, G’arbiy Sibirning Janub). Keyingi vaqtda amalga oshirilgan tadbirlar bir qancha noyob hayvonlar (sobol, sayg’oq, Los va boshqalar)ni ko’paytirish va areallarini tiklashga imkon berdi. O’rta Osiyoda asosan, cho’l hayvonlari yashaydi. Bu yerda YUNESKOning «Qizil kitobi»ga yozilgan noyob hayvonlardan Kulon, Buxoro bug’usi — xongul, oq tirnoqli ayiq, Menzbir sug’uri qo’riqlanadi. Qadimgi zamonlarda Ossuriylar, Bobilliklar, hindlar, xitoylar, misrliklar va boshqalar. Osiyo geografiyasidan ozmi-ko’pmi tasavvurga ega bo’lganlar. Qadimgi Misr, Yunoniston —Fors urushlari (miloddan avvalgi 477— 449), M akedoniyalik Aleksandr yurishlari (miloddan avvalgi 4-asr), Misrning Hindiston bilan dengiz orqali savdo qilishi, Xitoy elchisi Chjan Syanning O’rta Osiyoda bo’lishi (miloddan avvalgi 2-asr), Ipak yo’lining ochilishi, rimliklarning harbiy yurishlari natijasida Osiyo to’fisida ma’lumotlar to’plandi. O’rta asrlarda Osiyo haqida o’rta-osiyoliklar va arablar (Mas’udiy, Idrisiy, Beruniy, Mahmud Koshg’ariy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Battuta va boshqalar), xitoylar (Syuan-Szan va boshqalar), Yevropaliklar (salib yurishlari, Karpini, rubruk) anchagina ma’lumotlar berdilar. Xususan, 10-asr oxirida yozilgan «xudud ul olam» asarida Osiyo geografiyasi o’sha zamonga nisbatan ancha to’g’ri bayon etilgan. 13-asr oxirida venetsiyalik Marko Polo Markaziy Osiyoni kesib o’tdi va o’z safarlari haqida asar yozdi. Shimoliy Muz okeanining Osiyo sohilini ruslar o’rgandi. 1441— 44 yillarda Abdurazzoq Samarqandiy Hirot shahridan Eron orqali Hindistonga safar qilgan va ko’rganlarini yozib qoldirgan. Rus savdogari Afanasiy Nikitin ham 1466-72 yillarda Erondan o’tib, Hindistonga bordi. Portugallar dengiz orqali Hindistonga (1498, vasko da Gama), Yaponiyaga (1542) bordilar, 1520 yil Makaoda o’rnashib qoldilar. 1521 yil Magellan Filippin orollariga yetib bordi. Zahiriddin Boburning «Boburnoma» asarida hozirgi O’zbekiston, Afg’oniston va Hindiston geografiyasi batafsil va qiziqarli tasvirlangan. 1581-82 yillarda ermak Sibirga yurish qildi. 1639 yil I. Moskvitin Oxota dengiziga, 1643 yil V. Poyarkov Amur daryosiga yetib bordi. 1649-52 yillarda E. Xabarov Amur bo’ylab sayohat qildi. 1697-99 yillarda V. Atlasov Kamchatkani tadqiq qildi. 17-asrning 2-yarmida P. I. Godunov va S. U. Remezov Sibirning dastlabki xaritalarini tuzdilar. 1768-74 yillarda Rossiya akademik ekspeditsiyasi Shimoliy Osiyo va Kavkazni o’rgandi. Eversman (1820-25) va G. S. Karelin (1832-42) O’rta Osiyo tekisliklarini, A. F. Middendorf (1877-78) Farg’ona vodiysini o’rgandi. 1848-63 yillarda A. I. Butakov Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo haqida asar yozdi. 19-asr o’rtalaridan turli ilmiy tashkilotlar va harbiy muassasalarda tadqiqot ishlari rivojlana boshladi. Osiyoning ayrim o’lkalari haqida davriy nashrlar va monografiyalar soni ko’paydi. Rossiya geografiya jamiyati tomonidan Sibir, uzoq Sharq, Kavkaz, Markaziy Osiyo, O’rta Osiyoga ko’plab ekspeditsiyalar uyushtirildi va bu o’lkalar tabiati ancha mukammal 19-asr oxiri va 20-asr I. V. Mushketov, L.S.Bergning O’rta Osiyo, V. A. Obruchevning Sibir, V. L. Komarovning Kamchatka, A. N. Krasnov va A. I. Voeykovning Sharqiy va Janubiy Osiyoga doir tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. 20-asrda tadqiqotlar natijasida Osiyoda bir qancha muhim kashfiyotlar qilindi. Osiyoning Arktika qismi tabiati mukammal o’rganildi (Arktikada bir qancha orollar kashf etildi, shimoliy-Sharqiy Sibir, Pomirning orografik sxemasi yangidan tuzildi va hokazolar). Aholisi. Osiyoda 3720 million aholi yashaydi (2001), bu yer shari aholisining 60,6%ni tashkil etadi. Antropologik tarkibi. G’arbiy Osiyo, Janubiy, Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyoning asosiy qismlarida insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar yashagan, kuyi paleolit davrida Janubiy-G’arbiy Oda ehtimol, hozirgi tipdagi odam (Homo Sapiens) tarkib topgan. Osiyoning katta qismida odamlar yuqori paleolit va mezolit davridan yashay boshlagan. Osiyodan odamlar Amerika, Avstraliya, Okeaniyaga o’tgan. Osiyoda yevropoid, mongoloid, avstroloid irqlari kelib chiqqan. Aholining ko’p qismi 55,4% mongoloid irkining turli guruhlariga kiradi. G’arbiy Osiyo, Shimoliy Hindiston, O’rta Osiyo xalqlari (tojiklar) evropoid irqiga mansub. Bir kancha kam sonli xalkdar avstroloid irqi vakillaridir. G’arbiy Sibir past-tekisligi, Janubiy Ural, Oltoy, Qozog’iston, O’rta Osiyo, Shim. Hindistondagi bir qancha xalqlar (30 millionga yaqin) yevropoid-mongoloid aralash irqiga mansub. Osiyo aholisining etnik tarkibi nihoyatda xilma-xil. Bu yerda ko’plab til oilalari va guruxlariga mansub bir necha yuz xalq yashaydi. Aholisining joylashishi. Osiyoda aholi notekis joylashgan. 1 km2 da aholining o’rtacha zichligi 87 kishi. Yaponiya (1 km2 da 336 kishi), Livan (430 kishi), Koreya Respublikasi (493 kishi), Shri Lanka (295 kishi), Hindistonda (314 kishi) aholi zich. Janub va Markaziy Xitoydagi sohillar va yirik daryolarning vodiylari, Yaponiyaning Janub qismida, Gang daryosi bo’yida va Brahmaputra etaklarida, Hindiston yarim orolining Sharqiy sohili, Mekong daryosi vodiysi, Yava orolida 1 km2 ga 1000-1500 kishi, ba’zi joylarda undan ham ko’p kishi to’g’ri keladi. Shu bilan bir qatorda Markaziy Osiyo, Shim. va G’arbiy Osiyoning ko’p joylarida aholi juda siyrak. Cho’llarda (Rub ul-holiy, Dashti Kabir, Taklamakon, Gobi) va Tibet, Himolay, Hindukush tog’larining baland joylarida aholi deyarli yashamaydi. Demografik tarkibi. 2000— 01 yillarda har 1000 kishi hisobidan tug’ilish 22, o’lim 8, tabiiy o’sish 14 nafarni tashkil qildi. Yevropada esa tabiiy ko’payish -1 ga, Afrikada +24 ga, Amerikada +13 ga, Okeaniyada +11 ga, butun dunyo bo’yicha esa +13 ga teng. Osiyoda o’rtacha umr uzunligi erkaklarniki 65 va ayollarniki 68 yosh. Lekin bolalar orasida o’lim ancha yuqori: har 1000 ta bolaga 55 ta to’g’ri keladi (qiyoslash uchun: Afrikada 88 ta, Amerikada 25 ta, okeaniyada 28 ta, Yevropada 9 ta). Osiyoda 15 yoshgacha bo’lgan bolalar butun aholining 30%ni, Yevropada 18%ni, Amerikada 28%ni, Afrikada 43%ni tashkil etadi. 64 yoshdan katta kishilar Osiyoda 6% bo’lgani holda Yevropada 15%, Amerikada 8%, Afrikada 3%, Okeaniyada 10%dir. Siyosiy bulinishi. Ilk tsivilizatsiya markazlari qadimda Osiyoda yuzaga kelgan. Bu yerda asrlar davomida buyuk davlatlar (Bobil, Shumer, Ossuriya, Xarappa, Urartu va boshqalar) hamda saltanatlar (Boburiylar, Usmonlilar) yuzaga kelgan va parchalanib ketgan. 19-asrlarda Osiyo hududidagi bir qancha mamlakatlar Yevropaliklarning mustamlakalari bo’lgan. Osiyo siyosiy xaritasida 20-asrda juda katta o’zgarishlar ro’y berdi. Milliy ozodlik kurashi oqibatida Mongoliya (1921), Vetnam (1945), Koreya (1948), shuningdek, Britaniyaning sobiq mustamlakalari mustaqillikka erishdi (Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Shri Lanka, Iordaniya, Maldiv orollari, Malayziya, Singapur, Yaman, Indoneziya, Suriya, Livan, Laos, Kambodja). Falastinning bir qismida Isroil davlati va Falastin muxtoriyati paydo bo’ldi. 1971 yil Abudabi, Dubay, Sharja, Al- Fujayra, Umm al-Kayvayn, Ajman Amirliklarining birlashuvidan BAA davlati tuzildi. 1991 yilda Rossiya imperiyasining parchalanib ketishi oqibatida O’rta Osiyoda O’zbekiston, Turkmaniston, Qirg’iziston, Tojikiston va Qozog’iston Respublikalari mustaqillikka erishdi. Osiyo hududining 1/4 qismidan ko’prog’i, uning shimoliy qismi Rossiya Federatsiyasi tarkibida. 2000 yilda Sharqiy Timor davlati tashkil topdi. Ad.: Novojenin I. V., Fizicheskaya geografiya, M., 2001; Strani Mira, M., 2001.