Okeaniya

Okeaniya — tinch okeanning markaziy va g’arbiy qismlaridagi orollar to’dasi. 28°25′ sh.k. bilan 52°30′ j.k.lar va 130° shq. u. bilan 105° G’.u.lar oralig’ida. G’arbiy qismi Avstraliya va Malay arxipelagiga yondosh. Okeaniya Avstraliya bilan bir qit’a hisoblanadi. Orollarning umumiy maydoni 1,26 million km2, shuning 80% Yangi Gvineya va yangi Zelandiya Okeaniyalariga to’g’ri keladi. Tabiati. Okeaniyani, odatda, 3 qismga bo’ladilar: Melaneziya, Mikroneziya va Polineziya. Orollar suv osti tizmalari yoki marzalarining tepalaridir. Avstraliyaga yaqin joylashgan yirik orollar (Melaneziya, yangi Zelandiya) esa materik orollar. Vulkan orollariga Gavayi, Samoa, Markiz, Jamiyat, Kuk, Tubuai Okeaniyalari, Pasxa Okeaniya va boshqalar kiradi. Okeaniyaning eng baland nuqtasi (Jaya tog’i, 5029 metr) yangi Gvineyaning shimoli-g’arbida joylashgan. G’arbiy Mikroneziya, Melaneziya va yangi Zelandiya o.larining yer yuzasi tog’lik. Geologik tuzilishi. Sharkiy Mikroneziya va Polineziya Okeaniyalari mayda marjon atollaridan iborat. G’arbiy Mikroneziya va Melaneziya Okeaniyalari burmali cho’kindi svitalar, intruziv va, ayniqsa, effuziv jinslardan tuzilgan bo’lib, tinch okean tubining g’arbiy chekkasidagi Alp geosinklinalida joylashgan. Bu orollar mezozoy va kaynozoyda burmalangan ulkan tizmalarning suv ustidagi qismlaridir. Bu yerdagi hozirgi zamon vulkanizmi va zilzilalar tog’ hosil bo’lish harakatining davom etayotganligidan darak beradi. Tinch okean Markaziy qismidagi orollar Neogen oxiri — antropogen boshida yoriklar bo’ylab oqib chiqqan bazaltli vulkan tizmalaridir. Gavayi, Samoa, Markiz, Jamiyat, Kuk, Tubuai Okeaniyalari, Pasxa va boshqa mayda orollar vulkan natijasida hosil bo’lgan. Pekin ko’pgina vulkan cho’qqilari suv ostida bo’lib, ularning usti Marjon bilan qoplangan. Marshall, Karolina, Gilbert, Ellis, Tokelau, Feniks, Layn, Tuamotu, Nauru, Oshen va boshqa mayda orollar marjon orollaridir. Okeaniyada foydali qazilmalardan ko’proq nikel, fosfat, neft, oltin, kumir, mis uchraydi. Iqlimi. Okeaniya orollarining aksari qismi ikkala yarim sharning tropik iqlim mintaqasida joylashgan; Avstraliya va Osiyoga yaqin ekvatorial kengliklardagi orollarda iqlim subekvatorial, 180-meridiandan g’arbda ekvatorial iqlim. Tropik chizig’idan shimol va Janubda esa subtropik iqlim. Yangi Zelandiyaning Janub oroli mo’tadil mintaqada. Eng issiq oyning o’rtacha temperaturasi shimolda 25°(avgust), Janubda 16° (Fevral), eng sovuqoyniki shimolda 16° (Fevral), Janubda 5° (avgust). Ekvatorial zonada o’rtacha oylik temperatura 26-28°. Okeaniyada temperaturaning sutkalik farqi kam. Yillik yog’in passat shamollari esadigan tropik mintaqalarda 1000 mm dan kam. Ammo yirik vulkan orollarining shamolga ro’para yon bag’irlarida 10 000 mm ga yetadi. Okeaniyaning g’arbiy qismida, ekvatordan shimolda yozda kuchli tropik dovullar bo’lib turadi. Yangi Gvineya va yangi Zelandiyadagi tog’larda muzliklar (umumiy maydoni 1000 km2) bor. Daryo va ko’llar Okeaniyaning, asosan, g’arbiy qismidagi tog’li yirik orollarida joylashgan. Eng katta daryolari: Flay, Digul (600 kilometr) — yangi Gvineyada. Okeaniyada mayda ko’l ko’p; eng kattasi — yangi Zelandiyadagi Taupo ko’li. Vulkanli orollarda qaynoq va sho’r suvli ko’llar, geyzerlar bor. Tuproqlari xilma xil. Issiqva sernam iqlimli orollarda qizil-sariq laterit, tog’laterit, sariq, qizil va sariq-qo’ng’ir tuproqlar uchraydi. Vulkan kullari yog’ilgan joylarda va yangi lavalar ustidagi tuproq juda unumdor. Yog’in kamroq erlarning tuprog’i qizil- qo’ng’ir; seryog’in joylarning tuprog’i botqoqli tuproq. O’simliklari Paleotropik oblastga mansub. Okeaniya florasi Osiyo, Amerika va Antarktida florasidan shakllangan. Okeaniyada 3 kichik oblast ajratiladi: Malayziya, Gavayi, Yangi Zelandiya. Malayziya oblasti uchun tropik o’simliklar oilalarining ko’pligi xosdir. Epiritlar ko’p. Gavayi oblastchasida ochiq urug’lilar, fikuslar yo’q, palmaning bir turi bor, orxideya kam, paporotnik ko’p. Yangi Zelandiya oblastchasi murakkabguldoshlar, paporotnik va boshokdoshlar turiga boy. Okeaniyaning Sharqiy qismidagi orollarda endemik tur (Gavayi Okeaniyalarida 90% gacha) ko’p. Sharqqa tomon o’simlik turi, turkum va oilasi kamayib boradi. Yangi Gvineyada 6800 tur, Gavayi Okeaniyalarida 1100 tur o’simlik o’sadi. Okeaniya o’simliklari juda xilma-xil. Tog’larning sernam yon bag’irlari 300-600 metr balandlikkacha butazor va savanna, 1000-1800 metr balandlikkacha sernam doim yashil o’rmon. Shamolga teskari tog’ yon bag’irlarining etaklari savanna va chala cho’l, yuqorirog’i kserofil urmonlar, butazor va savanna, 1500 metrdan baland joylarda doim yashil tropik o’rmonlar. Marjon orollarda o’simlik turlari kam. Atollarda pandanus, kokos palmalari, non daraxti o’sadi. Lagunalar manfa o’rmonlari bilan qoplangan. Okeaniyaning tabiiy o’simlik qoplami inson tomonidan juda o’zgartirib yuborilgan. O’rmonlar qirqilib plantasiyalar barpo qilingan. Hayvonot dunyosi. Okeaniyaning katta qismi Polineziya fauna oblastiga va uning Gavayi kichik oblastiga mansub. Yangi Zelandiya faunasi mustaqil oblast, yangi Gvineya esa Avstraliya oblastining Papua oblastchasiga kiradi. Sut emizuvchilar deyarli uchramaydi, ammo qush ko’p. Endemik tur ko’p bo’lsa ham relikt hayvonlar oz. Yangi Gvineyada sut emizuvchilar (jumladan, tuxum qo’yuvchi va xaltalilar) nisbatan ko’p. Atollarda hayvon turlari juda kam. Okeaniyaga qoramol, qo’y-echki, quyon, cho’chqa, kalamush, mangusta va hokazolarning olib borilishi uning faunasiga nihoyatda katta salbiy ta’sir ko’rsatdi. Kashf etilishi va tadqiq qilinish tarixi. 16-asrda Okeaniyaga yevropaliklar borgunga qadar Okeaniyalik dengizchilar qo’shni orollarga ko’chib borib o’rnashish jarayonida tinch okeanning Janub qismida eng yaqin suv yo’llarini o’zlashtirganlar. Ularning tajribasidan keyinchalik yevropaliklar ma’lum darajada foydalanganlar. Okeaniya orollarining Yevropaliklarga ma’lum bo’lishi F. Magellan ekspeditsiyasidan (1521) boshlandi. 16-asr oxirlarigacha ispan va Portugal dengizchi sayyohlari Mikroneziya, Solomon va Melaneziyadagi boshqa orollarni topdilar. 1642-43 yillarda A. Tasman ekspeditsiyasi yangi Zelandiya, Tonga va Fiji Okeaniyalarini tadqiq qildi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida ingliz va frantsuz dengizchi sayyohlari Okeaniyaning markaziy va Sharqiy qismidagi orollarga yetib bordilar. J. Kuk tomonidan Tuamotu, Tonga, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya, Gavayi Okeaniyalari, Kuk Okeaniyalari va boshqalar kashf etildi. 19-asrda Okeaniyani tadqiq qilinishiga I. F. Kruzenshtern, Yu. F. Lisyanskiy, F. F. Bellinsgauzen, M. P. Lazarev, O. E. Kosebu, F. P. Litke va boshqalar hissa qo’shdilar. N. N. Mikluxo-Maklay Okeaniyadagi yangi Gvineya va boshqa orollar aholisining antropologiya va etnografiyasi, xo’jaligi to’g’risida muhim ma’lumotlar to’plagan. Aholisi 31 million kishi (2001, Avstraliya bilan birga). Okeaniyaning tub joy aholisi 4 yirik guruhga bo’linadi: papuaslar, melanezlar, polinezlar va mikronezlar. Okeaniyaga yevropaliklar kela boshlagan vaqtda (16-asr boshi) u yerda taxminan 3,5 million aholi yashar edi. Begunoh o’ldirish, chetdan olib borilgan yuqumli kasalliklar va boshqalar natijasida aholi keskin kamaygan. 19-asr oxiri va 20-asr boshiga kelib aholi soni yana tez o’sa boshladi. Etnik tarkibi. Okeaniyada irqi, tili, tarixi va madaniyati jihatidan o’zaro keskin farq qiluvchi xalqlar yashaydi. Ularni son jihatidan 2 qismga: mahalliy aholi va ko’chib borgan aholiga bo’lish mumkin. Okeaniyaning mahalliy aholisi Polineziya, Melaneziya va Mikroneziya antropologik tiplarga mansub. Mahalliy aholining bir qismi malay-polinez tillarida, boshqa qismi Papua tillarida so’zlashadi. Papua tillari bir necha guruhlarga bo’linadi. Lekin Okeaniya xalqlarining til guruhlari ularning mavjud etnik va madaniyati jihatidan yaqinligiga to’la muvofiq emas. Etnografik adabiyotlarda ularni ko’pincha tarixi va madaniyati o’xshash oblastlar bo’yicha guruhlashtiradilar. Okeaniyaning mahalliy bo’lmagan xalqlari ingliz-yangi zelandiyalik, frantsuz (yangi Kaledoniya), amerikalik, yapon va Filippinlik (Gavayi orollari), qind (Fiji orollari) va boshqalardan iborat. Diniy jihatdan Okeaniya aholisining ko’pchiligi xristian. Tarixi. Okeaniyaning eng qadimgi aholisi Okeaniyaga bundan 20-30 ming yillar avval Janubiy-Sharqiy Osiyodan borib o’rnashgan. Keyinroq kelgan qabilalarning papuaslar bilan qo’shilishidan melanezlar paydo bo’lgan. Mikroneziya va Polineziyaga aholi milodning 1-ming yilligida ko’chib borgan. 16-asr boshida Okeaniyada yashovchi xalqlar jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida bo’lgan. Yevropaliklar uzoq vaqt Okeaniyaga qiziqmadilar. Ko’pgina orollar yevropaliklarga 18-asrning 2-yarmida ma’lum bo’ldi. Okeaniya orollarini dastlab G’arbiy Yevropa davlatlari, keyinroq AQSh egallay boshladi. 1-jahon urushi (1914-18)dan keyin Okeaniyada siyosiy tashkilotlar vujudga keldi. 2-jahon urushi (1939-45) davrida Okeaniya urush harakatlari maydoniga aylandi. Okeaniyada rivojlangan davlatlarning harbiy bazalari ko’paydi. Urushdan keyin Okeaniya xalklarining mustaqillik uchun kurashi tashkiliy tus oldi. Ko’pgina orollar mustaqil davlatlarga aylandi.