Oqartirish

Oqartirish — turli ashyolar (yog’och massasi, to’qimachilik materiallari, kimyoviy moddalar)ning oqlik darajasini kuchaytirish (oshirish) uchun amalga oshiriladigan texnologik jarayon yoki jarayonlar majmui. Kimyoviy vatermik usullari mavjud. Oqartirishda material tarkibidagi bo’yovchi moddalar ketkaziladi yoki yemiriladi. Oqartirishning optik va fotografik usullari ham bor. Optik Oqartirishda Ultrabinafsha nurlarini yutuvchi va ularni ko’k yoki binafsha rangga aylantiruvchi rangsiz yoki och rangli organik birikmalardan foydalaniladi. Bu usul, asosan, tabiiy va sintetik tolalarni, qogozlar, plastmassalarni Oqartirish uchun qo’llaniladi. Fotografik Oqartirishda oq-qora va rangli foto va kinomateriallarga ishlov beriladi. Bunday ishlovda maxsus modda ta’sirida foto yoki kinotasvirning metall kumush katlami oksidlanib yemiriladi va Oqartirish jarayoni ro’y beradi. Bu usul fotografik tasvirni ravshanlashtirish va kuchaytirish uchun qo’llaniladi.