Oqostona bobo maqbarasi
Oqostona bobo maqbarasi -Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi me’moriy yodgorlik (10-asr oxiri — 11-asr boshlari). Maqbara chorsi xonali (tashqi o’lchami 9×8,7 metr, ichkisi 5,65×5,80 metr), tarzlariga g’ishtlar mavj shaklida terilgan. Shimoli-Sharqiy tarzidagi ravoq orqali kiriladi. Uning 2 yoniga ishlangan guldastadan faqat Janub qismidagisi saqlangan. Poygumbazi g’o’lasimon, yuqorisi qubba bilan yakunlangan. Gumbaz osti bag’allari 8 qirrali, chuqur ravoqlar ishlangan. 15-asrda Janubiy-Sharqiy tomondagi devori qayta qurilgan. 19-asr oxirida usta Xudoyberdi yarim shikastlangan gumbazni qayta tiklagan, binoning sharqiy tomonidan qo’shimcha kirish xonasini qurgan. Ad.: Arshavskaya Z. A., Rtveladze E. V., Xakimov Z. A., Srednevekovie pamyatniki Surxandari, T., 1982.