Oriya tili, Odri, utkali
Oriya tili, Odri, utkali — hind- Yevropa tillari oilasi hind-oriy tillari guruhiga mansub. Hindistonning asosiy tillaridan biri va Orissa shtatining rasmiy tili. Qo’shni Andhra Pradesh, Madhya Pardesh va Bihor shtatlarida ham tarqalgan. 25 milliondan ortiq kishi so’zlashadi. Tuzilishi jihatidan ko’proq Bengal tiliga o’xshaydi. Asosiy xususiyatlaridan biri — so’z oxirida qisqa unlilarning saqlanishi natijasida undosh bilan tugagan so’zlarning juda ozligidir. Dialektal jihatdan Oriya tili nisbatan bir xil bo’lib, Janubi-g’arbda bhatri lahjasigina ajralib turadi. Yozma yodgorliklari 11 — 13-asrlardan mavjud bo’lsada, hozirgi til 19-asrning 2-yarmidan shakllangan. Qadimgi brahmi yozuvi asosida shakllangan, harflar shakli boshqa hind yozuvlaridan farq qiladigan o’z yozuviga ega.