Ot
Ot — mustaqil so’z turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bog’bon, oshpaz, Mirzacho’l; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik ko’rsatkichiga ega: otam, otang, otasi — otamiz, Otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan o’zgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; D) gapda barcha gap bo’laklari vazifasida keladi. Anik, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan otlar ma’nosiga ko’ra, atoqli va turdosh otlarga bo’linadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib ko’rsatuvchi Otlar atoqli otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinedagi predmetlarning umumiy nomi turdosh otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi. Ot turkumi 3 xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi. Otning funktsional shakllari mavjud bo’lib, ular ma’lum bir qo’shimcha grammatik ma’no ifodalash, otlarning kategorial shakllariga xos bo’lmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. Otga xos funktsional shaklning yasalishga ko’ra 3 tipi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. Otning sintetik funktsional shakllari o’z ma’no va vazifalariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon, bo’taloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar, oyimlar); g) karashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. D) o’rin belgisi (osmondagi, qirdagi, qishlokdagi); e) chegara shakli (uygacha, toqqacha, boqqacha); j) o’xshatish shakli (Ozodday — ozod kabi, sizlarday — sizlar singari). Otning analitik shakli ko’makchi yordamida hosil bo’ladi: qalam bilan (da), otam uchun (-ga) kabi. Otning juft shakli umumlashtirish, jamlik ma’nolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovun-tarvuz. Otning takroriy shakli ko’plik ma’nosini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, ombor-ombor g’alla. Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo bo’ladi. Yasama Otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yo’llari bilan yasaladi. Affiksasiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul bo’lib, uning yordamida shaxs otlari (bo’yoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdo’z, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa, qurol otlari (ochqich, o’sma, to’plam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); o’rin, joy otlari (bodomzor, O’zbekiston, qarorgoh, ishxona, o’tloq, Paxtaobod); mavhum ma’noli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig’ilish, radiolashtirish, odamgarchilik). Kompozitsiya usuli bilan ot yasashda qo’shma otlar vujudga keladi: bilaguzuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish. Abbreviatsiya usuli bilan ot yasalganda, qisqartma otlar hosil qilinadi: BMT, SamDU, O’zME kabi. Otlar gapda ega, to’ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo o’rni bilan sifatlovchi, izohlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran bo’lib kelishi ham mumkin. Bozorboy O’rinboyev.