Otashkada

Otashkada — zardushtiylik dini ibodatxonasi. Gushtaspnchig farmoni bilan qurila boshlangan. Otashkadalar turli tabiiy ofatlardan muhofaza qilish maqsadida balandlikka, tepa ustiga yoki xarsang toshlardan yasalgan 3-4 metrlik tagkursilar ustiga qurilgan. Dastlab Otashkada Diniy marosim va ibodatlarni bajarish maskani bo’lgan. Asta-sekin Otashkadaning vazifalari o’zgara borib, sosoniylar davrida jamoa yig’inlari va boshqa tadbirlar o’tkaziladigan joyga aylangan. Barcha xarajatlar podsholik tomonidan Otashkadaga vaqf qilingan yer, chorva, bog’-rog’lardan olinadigan daromadlar hisobiga qoplangan; Otashkadalar bir necha hujra, tolor (zal)lardan iborat bo’lgan. Bino oldida doim olov yonib turadigan Otashkada maydoni bunyod etilgan. Isfahon, Yazd, koma (Hindiston) shaharlarida eng qadimgi Otashkadalarning xarobalari mavjud. Otashkadalarda 7 xil musiqa asbobi jo’rligida Goxlarni yodlattiradigan maxsus go’shalar bo’lgan. Otashkadalar diniy udum va marosimlarni o’tkazadigan manzil bo’lish bilan birga ma’naviy, ma’rifiy ishlar markazi hisoblangan. Hamidjon Homidov.