Organik kimyo
Organik kimyo — uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarning o’zgarish qonunlarini o’rganadigan fan. Kimyoning bir bo’limi. Organik kimyoning asosiy vazifasi — organik birikmalarni sof holda olish va ularning tuzilishini aniklash, reaktsiyaga kirishishi, reaktsiyalar mexanizmini, moddalarning kimyoviy tuzilishi va xossalari orasidagi bog’lanishni o’rganish, shuningdek, ulardan amaliyotda foydalanish yo’llarini tadqiq qilishdan iborat. Organik birikmalar insonning yer mavjud bo’lishi va uning amaliy faoliyatda o’ta muhim ahamiyatga ega. Tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha asosiy komponentlar — oksillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yog’lar, vitaminlar, gormonlar va boshqalar — organik birikmalardir. Deyarli barcha sintetik va tabiiy tolalar, plastmassalar, pestisidlar, bo’yagichlar, dorilar va shu kabilar ham organik birikmalarga taalluqli. Hozirgi vaqtda ajoyib xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan organik birikmalar yiliga 250 mingdan 300 minggacha sintez qilinadi, ularning umumiy soni esa 10 milliondan oshdi. Ba’zi organik moddalar insonga juda qadimdan ma’lum. Masalan, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. O’simlik moylari va hayvon yog’lari oziq- ovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil bo’yoklardan foydalanish qadim zamonlardan beri ma’lum. Masalan, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. O’simlik moylari va hayvon yoglari oziq-ovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil bo’yoqlardan foydalanish qadim zamonlardan beri ma’lum. Sof holdagi organik moddalarni dastlab 900-yillarda Arab alkimyogarlari hosil qildilar. Lekin organik kimyo fan sifatida 19-asrning 2-yarmida shakllandi. «Organik kimyo» terminini fanga ilk bor 1827 yilda Y. Ya. Berselius kiritdi. 1828 yilda nemis kimyogari F. Vyoler laboratoriya sharoitida mochevinani sintez qildi. Nemis olimlari A. Kolbe, F. A. Kekule, shotlandiyalik kimyogar A. Kuper va boshqa uglevodning 4 valentligini, uning atomlari halqa hosil qilish xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar. Keyinchalik Organik kimyo A. M. Bupierovnmng organik birikmalarning tuzilish nazariyasi (1861) asosida rivojlanadi. F. Kekule benzolning zamonaviy tsiklik formulasini taklif qildi (1865). Ya. X. Vant-Goff va frantsuz kimyogari J. Le Bel atomlarning molekulada fazoviy joylashish nazariyasini olg’a surishdi. Elektron va, ayniqsa, kvant-mexanika tasavvurlarining rivojlanishi natijasida kimyoviy bog’larning fazodagi yo’nalishi, to’yingan va to’yinmagan birikmalarning xossalari orasidagi tafovut, benzolning aromatikligi, organik birikmalar molekulalaridagi atomlarning o’zaro ta’siri tushuntirib berildi. Fizik usullar yordamida organik birikmalarda kimyoviy bog’larnng uzunligi, valent burchaklar kattaligi va geometrik tuzilishdagi molekulalarning boshqa parametrlari topildi. Shu usullar bilan ba’zi murakkab organik birikmalar — V12 vitamini, penisillin, xlorofill, bir qator oqsillar, nuklein kislotalar va b.ning kimyoviy tuzilishi aniklandi. Organik birikmalarga tavsifli xossa — uglerod atomlarining bir-biri bilan oddiy, qo’sh yoki uch bog’orqali to’g’ri chiziqli, zanjirsimon, 1, 2, 3 va ko’p halqali (yadroli) yoki karkasli birikmalar hosil qila olishidir. Bunday birikmalar asosini ochik, zanjirli uglevoddan o’zga atomlarga almashtirilishi mumkin. Bu atomlar geteroatomlar deb ataladi (masalan, kislorod, azot, oltingugurt). Strukturasiga ko’ra, organik birikmalar alifatik birikmalar (ochiq zanjirli uglevodorodlar va ular hosilalari) ga, yopiq uglerod zanjirli karbosiklik birikmalar (alisiklik birikmalar, aromatik birikmalar) va geterosiklik birikmalarga bo’linadi. Zanjirida qo’sh bog’yoki 3 bog’i bo’lmagan uglevodorodlar va ularning hosilalari to’yingan birikmalar, qo’shbog’ yoki 3 bog’ tutganlari — to’yinmagan birikmalar hisoblanadi. Har bir uglevodoroddagi vodorod atomlarini turli funktsional guruhlarga almashtirish yo’li bilan genetik qator keltirib chiqarish mumkin, masalan, etan — etilxlorid — etanol — sirka aldegidi — sirka kislotasi va hokazolar. Bular uglevodorodlar RH (funktsional guruhi yo’q), galogenalmashgan hosilalar RHal, spirtlar ROH, aldegidlar RCHO, ketonlar R,COR2, karbon kislotalar RCOOH, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlar RNH2, R2NH va RN nitrobirikmalar RNO2, tiollar (markeptanlar) RSH, sulfidlar R2S va boshqalar. Uglerod — uglerodli qo’shbog’lar ham funktsional guruxlar qatoriga qo’shiladi. Bir xil tuzilishga ega bo’lgan o’xshash funktsional guruxli organik birikmalar uglerod zanjiridagi — SN2 — guruxlari soni bilan farklanganda gomologik qatorlar kelib chiqadi. Molekulasida uglerod va vodorod atomlari hamda organogen atom (Hal, o, N, 8)lardan tashqari uglerod bilan bog’langan elementlari bo’lgan birikmalar elementorganik birikmalar hisoblanadi. Organik kimyoning rivojlanishida rus olimlaridan V. V. Markovnikov, N. N. Zinin, A. E. Favorskiy, S. V. Lebedev, N. D. Zelinskiy, A. N. Nesmeyanov va boshqalarning xizmatlari katta. Organik kimyoning rivojlanishida O’zbekiston kimyogarlarining ham katta hissasi bor. 20-asrning 20-yillarida O’rta Osiyo universiteti kimyo fakultetida professor S. N. Naumov boshchiligida xinon va toluxinon — Dibromidlar tuzilishini aniqlash ustida kuzatuvlar amalga oshiriddi (1933). 2, 3-tsiklogeksandion 1,4-dikarbon efiri tuzilishi o’rganildi. Mazkur modda hosilalaridan xinoksalin, monoksalin, dioksim, monogibrazon, pirazolon, bipirazolon, oazonlar olindi, Sho’rsuv nefti tadqiq qilinib, uning tarkibidagi uglevodorodlar va oltingugurt miqdori aniqlandi. 40-yillarda O. S. Sodiqov boshchiligida organik kislotalar, biologik stimulyatorlar, RR vitamini, xinozidin va boshqalar olish yo’lga qo’yildi. 50-yillarda S. Yu. Yunusov O’zbekiston o’simliklari tarkibidagi noyob organik moddalarni ajratib olish va tarkibini o’rganishga kirishdi. Aromatik birikmalarni alkillash va altsillash amalga oshirildi (I. P. Sukervanik va boshqalar). Aproton va proton kislotalar alkillash reaktsiyalarida katalizatorlar sifatida qo’llandi, l-atsetilanizol olish usuli sanoatga tatbiq etildi. Ortosiklogeksilfenol sintez qilindi (professor A. R. Abdurasulova). Turli organik birikmalarni alkillash reaktsiyalari, gumin kislotalari hosilalari o’rganildi (professor A. B. Qo’chqorov). A. S. Sultonov neftni qayta ishlash sohasi uchun samarali katalizatorlar sintez qilib amaliyotda qo’lladi. Uning shogirdlari M. F. Obidova bilan professor A. Abduqodirov ham organik kataliz rivojiga katta hissa qo’shdilar. Metallorganik birikmalar (prof. Z. M. Minulkin) va kumir kimyosi (professor D. T. Zambramskiy) rivojlantirildi. Gumin kislotalarini elektrolitlar bilan cho’ktirish orqali fraktsiyalarga ajratish usuli qo’llanishga tavsiya etildi. Organik birikmalarni karbonillash reaktsiyalari tadqiq qilindi (Yo. Yu. Aliev). Keyingi 30 yil davomida fosfororganik birikmalar, fiziologik faol moddalar, elementorganik birikmalar, kompleksonlar va organomineral o’g’itlar kimyosi tez rivojlandi. Bu borada A. A. Abduvahobov, Sh. I. Solihov, S. Iskandarov va boshqalarning ishlari tahsinga sazovordir. 1l:Dyur M., Dyugerti R., Teoriya vozmutsheniy molekulyarnix orbitaley v organicheskoy ximii, M., 1977; Braun T., Lemey G. Yu., Ximiya v tsentre nauk, t. 1 — 2, M., 1983; P etrov A. A. IDR., Organicheskaya ximiya, M., 1985; Iskandarov S, Sodiqov B., Organik ximiya nazariy asoslari, T., 1987. Qudrat Axmerov.