Nish

Nish — Serbiyadagi shahar, Nishava daryosining Janubiy Moraviyaga quyilishi yaqinida. Aholisi 176 ming kishi (1990- yillar o’rtalari). Transport yo’llarining muhim tuguni. Mashinasozlik (xususan, radioelektronika), oziq-ovqat, to’qimachilik, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Universitet, muzeylar bor. Nishdan 10 kilometr Janubi-sharqda nishkabanya balneologik kurorti joylashgan va qadimgi Vizantiya shahri — mediana xarobalari saqlangan. Me’moriy yodgorliklardan 4-5-asrlarda qurilgan Rim qal’asi, bazilika qoldiqlari, 15-18-asrlarga oid binolar saqlangan.