Neofreydizm

Neofreydizm — hozirgi zamondagi, ayniqsa, Amerika falsafasi va psixologiyasidagi oqim. 1930-yillar oxirida psixoanalizni Amerika sotsiologik va etnografik nazariyalari bilan birlashtirish jarayonida paydo bo’ldi. Asosiy vakillari: K. Xorni, X. S. Sallivan, E. Fromm. Shaxslararo munosabatlardagi ichki psixologik jarayonlarning muhim tomonini chetlab, Neofreydizm psixologik normalarni shaxsning ijtimoiy muhitga moslashuvi sifatida izohlaydi. Z. Freydning libido va sublimatsiya haqidagi ta’limotini Neofreydizm chetga surib qo’yadi va yo umuman g’ayri-shuuriylik rolini inkor etadi yoki unda ijtimoiy va psixik strukturalar o’rtasidagi bog’lovchi halqani ko’radi.