Organoidlar
Organoidlar (Yunoncha organon — organ va eidos — ko’rinish, qiyofa) — hujayraning hayot faoliyati davomida uning maxsus funktsiyasining bajarilishini ta’minlovchi doimiy tarkibiy qismlari, ya’ni hujayra organlari. Eukariot hujayralarda xromosomalar, mitoxondriylar, Golji kompleksi, endoplazmatik to’r, ribosomalar, mikronaychalar, mizosomalar, hayvon hujayralarida tsentriollar, mikrofibrillar, o’simliklarda plastidalar Organoidlar deyiladi. Prokariot hujayralarda ko’pchilik Organoidlar bo’lmaydi. Bir hujayralilarning maxsus strukturaviy elementlari, masalan, harakatlanish funktsiyasini bajaruvchi xivchinlari va kipriklari, ovqat hazm qilish va ayirish vazifasini bajaruvchi vakuollari organellalar deyiladi. Ko’pincha «Organoidlar» va «organellalar» terminlari sinonim sifatida qo’llanadi.