Optik prizma
Optik prizma — yassi sirtlar bilan chegaralangan va shaffof materiallardan yasalgan jism. Bunday sirtga tushgan nur jismdan o’tishida sinadi. Optik prizmalarning dispersion (spektral) va nur qaytarish xususiyatiga ega turlari bor. Spektral Optik prizmalar yorug’lik dispersiyasi hodisasiga asoslanadi va ko’pincha spektral qurilmalarda ishlatiladi. Yorug’likning to’la ichki qaytishi hodisasiga asoslangan Optik prizmalar nur yo’nalishini o’zgartirish uchun optik tizimlarda qo’llaniladi.