Oklaxoma

Oklaxoma — AQShning Janubiy qismidagi shtat. Maydoni 181,1 ming km2. Aholisi 3,5 million kishi (2002), 68% shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markaziy — Oxlaxoma-Siti shahri, iqtisodiy markazi — Yer yuzasining ko’p qismi tekislik, g’arbi esa plato (eng baland joy 1516 metr). Janubiy-sharqida Uoshito tog’ining tarmoqlari bor (eng baland joyi 884 metr). Iqlimi subtropik iqlim, yanvarning o’rtacha temperaturasi 0-6°, iyulniki 24-27°. Yillik yog’in 450-1000 mm. Yirik daryolari: Arkanzas va Red-River. Hududining ko’p qismi ekinzor. Tog’yon bag’irlari o’rmon. Xo’jaligining yetakchi tarmog’i — konchilik sanoati. Oklaxomada neft, tabiiy gaz, rux va ko’mir qazib olinadi. Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan, kon va kurilish uskunalari, metall kon-struktsiyalar ishlab chiqariladi. Qishloq xo’jaligida go’sht-sut chorvachiligi yetakchi o’rinda. Dehqonchilikda, asosan, bug’doy, paxta va makkajo’xori ekiladi. O.dan boshqa shtatlarga neft va gaz quvurlari o’tkazilgan.