Ovshunoslik

Ovshunoslik — ov qilish va ovchilik xo’jaligi, ovchilik faunasini boyitish va undan samarali foydalanish to’g’risidagi fan. 20-asr boshlarida mustaqil fan sifatida shakllangan. Ov maydonlarini, ovlanadigan hayvonlar va qushlar biologiyasini o’rganadi, ularni hisobga olish usullarini, ov qurollarini ishlatish va ovlash uslublarini ishlab chiqadi, ov tovarshunosligi va ovchilik xo’jaliklari iqtisodiyoti va uni tashkil etish bilan shug’ullanadi. Ovshunoslikning muhim tadqiqot usullari — hayvonlarni muntazam kuzatish, tabiatda tajribalar o’tkazish, hayvon qushlarni yashash joyida tamg’alash, morfofiziologik indikatorlar yordamida hayvonlar populyatsiyasi tarkibini tahlil qilish. Ovshunoslik biologiya, ekologiya, biosenologiya,, botanika, biogeografiya, iqtisodiyot fanlari bilan uzviy aloqada rivojlanadi. O’zbekistonda Ovshunoslikka oid ishlar ovchilik xo’jaliklari, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi institutlari davlat qo’riqxonalari va boshqalarda olib boriladi. Yevropa va shimoliy Amerika mamlakatlarida Ovshunoslik rivojlangan. Ovshunoslikning eng yirik xalqaro forumi 1953 yilda tashkil topgan xalqaro biolog-ovshunoslar Kongressi har 2 yilda bir marta yig’iladi. Ad:. Rusanov Ya., Osnovi oxotovedeniya, M., 1986.