ATAMAN
ATAMAN (qadimgi turkcha deb taxmin qilinadi) — qurollangan kazaklar otryadining boshlig’i. Xalq qo’zg’oloni boshliqlari ham Ataman deb atalgan (S. Razin va boshqalar). Atamanlar kazaklar tarixida katta o’rin tutgan. Dastlab Ataman saylanar va turli vazifani o’tardi. Zaporojye Sechi Radasining hukmlarini Atamanlar ijro etgan. Atamanlar lavozimiga saylash Zaporojye Sechi tarqatib yuborilgunicha (1775) saqlangan. Don kazaklarida qo’shin atamani, stanisa atamani, qarorgoh atamani, poxod atamani bo’lgan. 1917 yildan keyin Ataman unvoni bekor qilingan. 90-yillarda Rossiyada kazak otryadlari qaytadan tashkil qilindi va Atamanlar o’zlarining inqilobdan oldingi mavqelariga ma’lum darajada ega bo’la boshladilar.