Olmaota

Olmaota (qozoqcha — Almati; 1921 yilgacha Verniy) — Qozog’istondagi shahar. Olmaota viloyati markazi. 1929— 1998 yillarda mamlakat poytaxti. Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni, 2 aeroport bor. Orqa ili Olatovi tizmasining shim. yon bag’ri etaklarida, 650— 950 metr balandlikda. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -8°, iyulniki 22,9°. Aholisi 1129,4 ming kishi (1999). 6 tumandan iborat. Shahar dastavval 1854 yilda Zailiyskoe harbiy istehkomi sifatida qozoqlar joylashgan Olmaota qal’asi yonida qurildi. Keyinchalik bu istehkom Verniy deb ataldi. 1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi tarkibida yangi tashkil etilgan Yettisuv viloyatining markaziga aylandi. U davrda sanoat korxonalari bo’lmagan, aholining ko’pchiligi dehqonchilik bilan shug’ullangan. Shaharda mashinasozlik va metallsozlik sanoati («porshen», stanoksozlik, mexanika-tajriba, past voltli apparatura ishlab chiqarish) korxonalari yetakchilik qiladi. Olmaotada Qozog’iston yengil sanoat korxonalari mahsulotining 28% ishlab chiqariladi. To’qimachilik va mo’yna, ip-gazlama kombinatlari, ip-yigiruv, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari faoliyat ko’rsatadi. Oziq-ovqat sanoati (go’sht-konserva, un-yorma, makaron fabrikasi, sut, shampan vinosi, meva-konserva, qandolatpazlik, choy qadoqlash, likyor-araq, vino, pivo, achitqi zavodlari) korxonalari mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi. Elektrotexnika zavodi ham faoliyat ko’rsatadi. Qurilish materiallari, yog’ochsozlik, temir-beton konstruktsiyalari va qurilish detallari zavodlari bor. Olmaotaning yoqilg’i-energetika bazasi Qarag’anda havzasining ko’miri, kumir va mazut bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari, katta Olmasoy daryosidagi GES kaskadlari, ili daryosidagi Qopchig’ay GESdir. Olmaotada tijorat banklari, qo’shma va kichik korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Qozog’iston Fanlar Akademiyasi, 16 oliy o’quv yurti, 13 muzey, respublika kutubxonasi. teatrlar, telemarkaz, shahar mashaqqatga sazovor binolar: abak nomidagi qozoq opera va balet teatri (1941), Hukumat uyi (1957), Respublika saroyi (1970), «Qozog’iston» mehmonxonasi (1977). Olmaotaning turar joy mavzelari bir necha marta zilziladan qattiq shikastlangan. Oxirgi zilzilalar 1911 va 1921 yillarda sodir bo’ldi. Shuningdek, sel ham vaqt-vaqti bilan ancha ziyon yetkazib turadi. Shu bois selga qarshi inshootlar qurilgan. Olmaota — yirik turistik va sport markazi. Shahardan Janubda orqa Ili Olatovi turistik zonasi hamda kurortlar bor. Olmaota yaqinida «Medeo» qishki sport majmui ishlab turibdi.