ATEROMATOZ

ATEROMATOZ — ateroskleroz kasalligida qon tomir devorlarida pilakchalar va ular markazida mayda donachali detrit (biriktiruvchi to’qima asosiy moddasining mahalliy o’lishi) hosil bo’lishi; ular xolesterin kristallari va yog’kislotalaridan iborat bo’lib, lipid va oqsil massalari, kollagen va elastic tolalarning parchalanishidan vujudga keladi.