Qo’rg’on dostonchilik maktabi
Qo’rg’on dostonchilik maktabi — o’zbek folklorshunosligida baxshilik san’ati markazlaridan. Qo’rg’on dostonchilik maktabiga mansub baxshilar Mang’ishtov, Nurota tog’i, Oqtov etaklarida, Miyonqolga qadar cho’zilgan keng hududda yashaganlar. Ularning ko’pchiligi qo’rg’on qishlog’ida tarbiya topgan. Ergash Jumanbulbul o’g’linsh ota-bobolari asos solgan bu maktab 17-20-asrlarda yashagan yodgor usta qo’lay o’g’li, usta Lafas Yodgor o’g’li, tilla kampir, Mulla tosh usta Lafas o’g’li, Mulla xolmurod Mulla tosh o’g’li, Jolmon Baxshi, Sulton kampir, Qulsamad baxshi, Jumanbulbul, Jossoq Mulla Xolmurod o’g’li, yorlaqab baxshi, Ergash Jumanbulbul o’g’li, Darvesh Baxshi, Po’lkan shoir, Ollomurod baxshi, Egamberdi Ollomurod o’g’li, usta Xolqul, Abdumurod Berdixol o’g’li, Qurbonqul baxshi, Mardi shoir, Rahmatulla Yusuf o’g’li kabi o’nlab dostonchilarni birlashtirgan. Bu baxshilar ko’proq ishqiy dostonlar kuylashgan. O’ziga xos chuqur lirizm, chiroyli tasvirlar, noziklik va jimjimadorlik Qo’rg’on dostonchilik maktabi uslubining asosiy belgilaridir. Bu hol Qo’rg’on dostonchilik maktabining ko’proq yozma adabiyotdan an’analariga uyg’unlashib borganligini ko’rsatadi.