Qo’ng’irot sulolasi
Qo’ng’irot sulolasi — Xiva xonligini idora etgan xonlar sulolasi (1770-1920). Asoschisi — Muhammad Amin inoq. U yovmutlardan bo’lgan Xiva xonlariga qarshi kurashib, hokimiyatni egallagan. Muhammad Amin inoq va o’g’li Avaz Muhammad inoq taxtga chingiziy qo’g’irchoq xonlarni o’tqazib davlatni amalda o’zlari boshqargan. Eltuzar 1804 yil Abul-G’oziyxon V Yodgorxon o’g’li (1802- 1804)ni taxtdan tushirib o’zini xon deb e’lon qilgan. Qo’ng’irot sulolasi vakillari: Muhammad Amin inoq (1770-90), Avaz Muhammad inoq (1790- 1804), Eltuzarxon (1804-06), Muhammad Rahimxon (1806-25), Olloqulixon (1828-42), Rahimqulixon (1842-45), Muhammad Aminxon (1845 — 55), Abdullaxon (1855-56), Qutlug’murodxon (1856), Said Muhammadxon (1856-64), Muhammad Rahimxon P (1864-1910), Asfandiyorxon (1910-18). Said Abdullaxon (1918-20). Yosh xivaliklar qizil armiya yordamida 1920 yil 2 Fevralda Said Abdullaxonni taxtdan tushirib Xiva xonligi tugatilganini e’lon qilishgan.