ATLANTIKA OSTONASI
ATLANTIKA OSTONASI — Atlantika okeani tubining Grenlandiya, Islandiya, Farer va Shetlend orollari oralig’idagi ko’tarilib qolgan qismi. Chuqurligi okean sathidan 600 metr. Atlantika ostonasi Atlantika okeani bilan shimoliy Muz okeanining chuqur qismlaridagi suvni bir-biriga o’tkazmaydi. Shimoliy Atlantika oqimining iliq va sho’r suvlari Atlantika ostonasi orqali Norvegiya dengiziga, asosan Islandiya va Shetlend orollari oralig’idagi bo’g’ozdan o’tadi.