Qalqondorlar
Qalqondorlar — koktsidlar kenja turkumiga mansub tengqanotli so’ruvchi hasharotlar oilasi. Yer yuzida keng tarqalgan. 1300 ga yaqin turi ma’lum. Tanasining uzunligi 2 millimetrcha, mumli qalqon bilan qoplangan (nomi shundan). Qalqondorlar keskin jinsiy dimorfizmga ega. Urg’ochilarining qanot va oyoqlari, odatda, mo’ylovi, ko’zi ham bo’lmaydi. Erkagi urg’ochisidan kichik, oldingi juft qanoti bor. Og’iz apparati soddalashgan, mo’ylovi va oyog’i yaxshi rivojlangan. Urg’ochisi 20-170 tuxum qo’yadi. Lichinka va katta yoshdagilari o’simlik shirasi bilan oziqlanadi. Qalqondorlarning olma vergulsimon qalqondori (Nergskjargpa i1ti.), kaliforniya qalqondori (01aas1ga§ryugi8 Regtsyuo8i8 Sapgz1ok), binafsharang qalqondor (Ragmopa o1ea so1ua) turlari meva va tsitrus daraxtlariga, choy butalariga hamda hosiliga katta zarar yetkazadi va karantin ob’yekti hisoblanadi. Ko’pchilik turlari ekinzor dalalar atrofidagi ihota mintaqalariga ekilgan daraxtlar va boshqalarni zararlaydi. Kurash choralari: qurigan va shikastlangan shox hamda novdalarni yo’q qilish; bahorda daraxtlar kurtak chiqarguncha va quzda, ba’zi hollarda yozda insektisidlar (karbofos, konifidor, donadin va boshqalar) bilan ishlov berish.