ATMOSFERA DISPERSIYASI
ATMOSFERA DISPERSIYASI — yoritkich (yulduzlar) tasvirining spektrlarga ajralishi. Yulduzdan kelayotgan turli to’lqin uzunligidagi nurlar yer atmosferasidan o’tishi jarayonida turlicha burchak ostida sinib tasvirda ranglarga ajraladi va shu sababli yoritqichning tasviri bir oz cho’ziqroq bo’lib chiqadi. Yoritqichning Zenit masofasi ortishi bilan tasvir cho’ziqligi ham ortadi, binafsha nurlar qizil nurlarga karaganda ko’proq singanidan ular hosil qilgan tasvir Zenit tomonga surilgan bo’ladi. Natijada yoritqich tasviri spektrlarga ajraladi. Atmosfera Dispersiyasi tufayli, masalan, Atmosfera Dispersiyasi sinfga tegishli yulduz bilan K sinfga tegishli yulduz vaziyatlari farqi 45° Zenit masofada 0,1 — 0,2 orasida bo’ladi. Koordinatlarni katta aniqlikda o’lchashda Atmosfera Dispersiyasini hisobga olish yoki uning ta’sirini kamaytirish kerak.