Turbulentlik

Turbulentlik — suyuqlik va gazlar oqimlarida kuzatiladigan hamda bu oqimlarda turli o’lchamli ko’plab uyurmalar hosil bo’ladigan hodisa. Turbulentlik tufayli bu omillarning tezlik, bosim, temperatura, zichlik va boshqa xarakteristikalari fazoda va vaqt davomida tartibsiz o’zgarib turadi, ya’ni xaotik fluktuasiyalar ta’sirida bo’ladi. Shunisi bilan turbulent oqim laminar oqimdan farq qiladi. Laminar oqim o’zining barqarorligini yo’qotganda Turbulentlik vujudga keladi. Suyuqlik yoki gazda g’arakatlanayotgan qattiq jismlarga ular (suyuqdik yoki gaz) ning qarshiligini aniqlashda, shuningdek, suyuqlik yoki gaz o’rab turgan jismlar orasidagi issiqlik almashishni hisoblashda Turbulentlik e’tiborga olinadi. Turbulentlik statistik usullar yordamida izohlanadi.