Tunbosh

Tunbosh (Lepidium) — karamguldoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Bir yillik, ikki yillik o’t, ba’zan chala buta. 150 ga yaqin turi mavjud. O’rta Osiyoda ko’pincha ladmi yerlarda uchraydi. O’zbekistonda qoratundak, Baqajo’xori, zarquloq turlari tarqalgan. Guli mayda, to’pgulli shingil; gulbargi oq, ba’zan gulbargsiz. Mevasi ikki urug’li ko’zoq. O’tkir qo’lansa hidli bo’lgani uchun qandalaga qarshi ishlatiladi.