Troshkov Aleksandr Danilovich

Troshkov Aleksandr Danilovich (1904, hozirgi Beruniy shahri — 1946.13.4) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1943 yildan frontda. 2-Ukraina frontda 46-armiyaning 99-O’kchi diviziyasida pulemyot navodchigi bo’lgan. Erchi shahri yaqinida 1-bo’lib Dunay daryosidan o’tgan. Pulemyotdan o’t ochib dushmanning 3 o’t ochish nuqtasini o’chirgan va rotani daryodan o’tishini ta’minlagan. 1945 yil 24 martda qahramon unvoniga sazovor bo’lgan. Beruniy shahridagi ko’chalardan biri va o’rta maktab uning nomiga qo’yilgan.