Trolleyvoz

Trolleyvoz (inglizcha trolley — kontakt simi va ruscha vozit — tashimoq) — maxsus qurilma (trolley qurilmasi) orqali kontakt tarmoq (ko’chalarga tortilgan sim) dan tok bilan ta’minlanadigan transport vositasi. Trolleybus qatnashi uchun kontakt tarmog’i yaxshi rivojlangan shaharlarda qo’llanadi. Trolleyvozdan muayyan marshrut bo’yicha yuk tashish uchun asosan kechasi (trolleybus yurmaydigan paytlarda) foydalaniladi. Mustaqil ishlashi (simsiz yurishi) uchun ba’zan ichki yo’nuv dvigateli bilan ta’minlanadi. Elektrkuch tizimining tuzilishi bo’yicha trolleybusga, yurish qismi, rul boshqarmasi va tormoz tizimi avtomobilnikiga o’xshaydi. Trolleyvozning tezligi 60 km/soat gacha, yuk ko’taruvchanligi — 5-8 tonna. Dizel Trolleyvozlar ham bor.