Trombin

Trombin — gidrolazalar sinfiga mansub ferment. Qon ivishida ishtirok etadigan muhim komponent. Trombin fibrinogenii fibrinta aylantirasi. Qonda o’zining yetilmagan shakli — protrombin holida uchraydi va protrombinaza (aktiv tromboplastin) ishtirokida faollashadi. Trombin kimyoviy jihatdan glikoproteid, molekulyar modda 40000. Tarkibida 5% ga yaqin uglevod bor. Donorlar qonidan olinadi. Kapillyarlardan va parenximatoz a’zolardan kon ketganda Trombin eritmasidan foydalaniladi. Bunda qon ketayotgan jarohatga Trombin eritmasiga shimdirilgan tampon qo’yiladi.