ATMOSFERANING NURLANISH BALANSI
ATMOSFERANING NURLANISH BALANSI — atmosferada yutilgan va chiqarilgan nurlanish oqimlarining algebraik yig’indisi. Atmosferada yutilgan nurlanish miqdori chiqarilgan nurlanish tufayli undan ketuvchi oqim miqdoriga nisbatan kam bo’ladi. Shuning uchun Atmosferaning nurlanish balansi hamma vaqt manfiy bo’ladi. Atmosfera manfiy nurlanish balansining 75 foizi atmosferadagi suv bug’larining quyuqlanishi tufayli ajralib chiqqan issiqlik hisobiga va 25 foizi yer sirtidan turbulent yo’l bilan atmosferaga o’tgan issiqlik hisobiga qoplanadi.