ATOLL haqida nimani bilasiz?
ATOLL (maldivcha atolu so’zidan) — halqasimon marjon orollari. Ochiq dengizlarda uchraydi. Atoll cho’kkan vulqon orollari qirg’og’idagi marjon riflaridan paydo bo’lgan. Tropik kengliklarda ochiq dengizda, ayniqsa tinch okeanning Markaziy qismida, ba’zida arxipelag tarzida uchraydi. Ko’pincha Atoll halqasi ichidagi suv (chuqurligi 100 metrdan oshmaydi) dengiz bilan tutashib, qo’ltiq hosil qiladi. Ular uncha katta bo’lmaydi, faqat ayrimlari halqasining diametri 50 kilometr va undan oshadi. Ba’zi Atoll qo’ltig’i kemalar to’xtashi uchun qulay.
O‘xshash so‘zlar
- Atollar
- ATOM ARTILLERIYASI haqida nimani bilasiz?
- ATOM BOMBASI haqida nimani bilasiz?
- ATOM DVIGATELI haqida nimani bilasiz?
- ATOM ELEKTR STANTSIYASI haqida nimani bilasiz?
- ATOM ENERGIYASI BO’YICHA XALQARO AGENTLIK haqida nimani bilasiz?
- ATOM ENERGIYASI BO’YICHA YEVROPA AGENTLIGI haqida nimani bilasiz?
- ATOM ENERGIYASI BO’YICHA YEVROPA HAMKORLIGI haqida nimani bilasiz?











