Naftenlar
Naftenlar (Yunoncha naphtha — neft) -tsiklopentan va tsiklogeksan qatorining to’yingan alisiklik uglevodorodlari, shuningdek, molekulasida 2 tadan 5 tagacha qalqasi bo’lgan murakkabbi va polisiklik uglevodorodlar. Umumiy formulasi SpN2p. To’yingan uglevodorodlardan molekulasidagi uglerod atomlarining tsiklik (halqa hosil qilib) joylanishi bilan farq qiladi. Asosiy manbai — neft. Neftda, tsikli (halqasi)da 5 va 6 ta uglerod atom bo’lib, tabiatda birmuncha ko’p tarqalgan Naftenlar bor. Tsiklida 6 ta uglerod atomi bo’ladigan Naftenlar — geksametilenlar (tsiklogeksan va uning gomologlari) muhim. Ular neftni haydash yo’li bilan olinadi. Katalitik kreking jarayonida aromatik yoki to’yinmagan uglevodorodlarga aylanadi. Naftenlar, motor yonilg’ilarining tarkibiy qismi hisoblanadi.