Quldorlik jamiyati
Quldorlik jamiyati — insoniyat tarixida ibtidoiy jamiyat o’rniga kelgan tuzim. Quldorlik jamiyatida — quldorlar va qullar bilan ayni paytda erkin dehqonlar, hunarmandlar va boshqa ijtimoiy guruhlar ham mavjud bo’lgan. Eng qadimgi quldorlik davlatlari (Misr, Shumer) miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri — miloddan avvalgi 3-ming yillik boshida vujudga kelgan. Quldorlik jamiyati Yunoniston (miloddan avvalgi 5-4-asrlarda) va qadimgi Rimda (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) yuksak darajada rivojlangan. Davr o’tishi bilan bu jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishiga to’siq bo’la boshlagan. Qullar qo’zg’olonlari quldorlikning yemirilishini tezlashtirgan.