Quyonquyruq

Quyonquyruq — sigirquyruqdoshlarga mansub ikki yillik begona o’t. O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Poyasi tik o’sadi, bo’yi 30— 120 santimetr, kam shoxlaydi, ildiz oldi barglari cho’zinchoq, patsimon shapaloqli, yuqoridagilari nashtarsimon, arra tishli. Gullari sariq, shingil to’pgulga yig’ilgan. Ildizi o’qildiz. May — oktabrda gullab mevalaydi. Mevasi sharsimon ko’sakcha. Urugidan ko’payadi. Urug’lari past va yuqori temperaturada ham ko’karib chiqaveradi. Aprel — mayda urug’idan maysa, ildiz bo’g’izidan novdalar paydo bo’ladi. Beda, don ekinlari, g’o’za va boshqa chopiqtalab ekinlar orasida uchraydi. Bog’larda, uzumzorlarda, yo’l yoqalarida va tashlandiq yerlarda ham o’sadi. Kurash choralari: yerni chuqur haydash.