Qorinoyoqli mollyuskalar
Qorinoyoqli mollyuskalar, shilliq qurtlar— molyuskalar sinfi. Gavdasi asimmetrik tuzilgan; tana (ichki xalta). Oyoq va bosh bo’limlaridan iborat. Ko’pchilik Qorinoyoqli mollyuskalar tanasi va boshini chig’anoq ichiga tortib olish xususiyatiga ega. Chig’anogining balandligi 0.5 millimetrdan 70 santimetrgacha. Yagona yassi oyog’i yordamida tovonidagi ma.xsus bezlar ajratib chiqaradigan shilimshiq modda ustida sirpanib harakatlanadi. Ichki xaltasi chig’anoq ichida buralib joylashgan bo’lib, mantiya bilan o’ralgan. Boshida 1 juft (quruqlik Qorinoyoqli mollyuskalarida 2 juft) paypaslagichlari, ular asosida (quruqlik Qorinoyoqli mollyuskalarida paypaslagichlar uchida) bir juft ko’z va og’iz teshigi bor. Chiganogi xilma- xil: konussimon, spiral yoki kosasimon; Ayrim Qorinoyoqli mollyuskalar (yalang’och shilliqlar) da redukpiyaga uchragan. Ogzida 2 ta dan 17-16 ming tagacha tishchalar bilan qoplangan radula (qirg’ich tilcha) bor. Anal teshigi boshi ostida yoki uning yonida joylashgan. Nafas olish organlari suvda yashovchi Qorinoyoqli mollyuskalarda bitta yoki bir juft patsimon jabra; quruqlik va ko’pchilik chuchuk suv mollyuskalarida — o’pka. Nerv sistemasi — tarqoq joylashgan nerv tugunlari. Odatda, 5 juft. Muvozanat saqlash (statonistlar) va kimyoviy sezgi orkshi (osfradiylar) bor. Germafrolit ski ayrim jinsli. Urug’lanishi ichki, germafrodit Qorinoyoqli mollyuskalar bir-birini urug’lantiradi. Chuchuk suv va quruqlik Qorinoyoqli mollyuskalari o’zgarishsiz, dengiz Qorinoyoqli mollyuskalari metamorfoz orqali rivojlanadi (tuxumlan plankton Veliger lichinka chiqadi). Qorinoyoqli mollyuskalarning 90000 ga yaqin turi bor; keng tarqalgan. O’zbekistop faunasida 100 ga yaqin turi ma’lum. Bentosda yashaydi; ayrim turlari suzadi. Yirtqich o’simlikxo’r yoki parazit. Bir qancha quruqlik va chuchuk suv Qorinoyoqli mollyuskalar gelmintlarning oraliq xo’jaynni. Quruqlikda yashovchi bir qancha Qorinoyoqli mollyuskalar madaniy o’simliklarga ziyon keltiradi. Ayrim turlari sanoat miqyosida ovlanadi.