Qoraqalpoqlar
Qoraqalpoqlar — O’rta Osiyodagi xalq; O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasida yashaydi (504 301 kishi, 2000-yillar o’rtalari). Shuningdek, O’zbekistonning Farg’ona, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlarida, qo’shni Turkmaniston, Qozogistonda, Rossiyada. Afg’onistonda, Eronda bir necha ming Qoraqalpoqlar yashaydi. Qoraqalpoq tilida so’zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Milodiy 2-asr oxiri — 4-asrlarda Orol bo’yi cho’llariga Sharqdan hunlar, 6-8-asrlarda esa turkiylar kelib mahalliy qabilalar bilan qisman aralashib ketgan. Mana shu etnik negizda Orol bo’yi ilk o’rta asr xalqtari — bijanaqlar va o’g’uzlarning shakllanish jarayoni kechgan, ularning muhitida 8-10-asrlarda Qoraqalpoqlarning ham shakllanishi boshlangan. 10-asr boshida bijanaqlarning bir qismi G’arbga, Janubiy rus cho’llariga ketgan; Kiyev Rusi hududiga kelib joylashgan qabilalar rus yilnomalarida «chyornne klobuki» («qora qalpoqtar») deb nom olgan. Volga-Ural oralig’ida qolgan bijanaklarning Sharqiy qismi Irtish havzasidan kslgan qipchoqtar bilan asta-sekin aralashib ketgan, ularning tilini qabul qilgan. Manbalarda qipchoq urug’-qabila Ittifoqida «Qoraqalpoqlar» atamasiga mos keluvchi «qora bo’rkli» etnonimi uchraydi. Mo’g’ullar istilosi davrida Rashididdin asarida «qavmi kulahi siyah» nomi bilan qayd etilgan. Chingizxon bosqini oqibatida Qoraqalpoqlar G’arbga — Volga bo’ylariga, Sariqamish, O’zbo’y va Amudaryoning quyi oqimi bo’ylariga ko’chishga majbur bo’lganlar. Qoraqalpoqlar yarim o’troq hayot kechirib, sug’orma dehqonchilikni chorvachilik (ayniqsa, qoramol) va baliq ovlash bilan qo’shib olib borganlar. Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 16-18-asrlar o’rtalarida Sirdaryoning o’rta va quyi oqimi bo’ylari (Turkiston, Jankent, Chirikrabot) hamda bir qismi Orol mintaqasida (Qo’ng’irot, Shohtemir shahri) yashashgan. Biroq Yoyiq va Emba daryolari bo’ylarida ham Qoraqalpoqlar istiqomat qilganliklari haqida ma’lumotlar bor. 1743 yil qozoq xoni Abulxayrxon Qoraqalpoqlarga hujum qilgan, natijada sirdaryolik Qoraqalpoqlarning asosiy qismi 18-asrning 2-yarmida Sirdaryodan uning g’arbyy irmog’i — Janadaryoga ko’chgan. 18-asr oxirida Xiva xonlari Qoraqalpoqlarni tobe etishga faol harakat qilishgan va oqibatda 1811 yil ular bo’ysundirilib, Qoraqalpoqlarning asosiy qismi Amudaryo havzasiga ko’chirilgan. Xiva xonlariga qarshi Qoraqalpoqlar bir necha marta (1827, 1855-56, 1858-59 yillar) bosh ko’targan. 1873 yil Chor Rossiyasi istilosi natijasida o’ng qirg’oq Amudaryodagi Qoraqalpoqlar Rossiyaga qo’shib olingan. Bu yerda Amudaryo bo’limi tuzilgan, Turkiston general- gubernatorliginint Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritilgan. So’l qirg’oqda yashovchi Qoraqalpoqlar Xiva xonligi tasarrufida qolgan. O’rta Osiyoda sho’rolar hokimiyati o’rnatilgach, so’l qirg’oq va o’ng qirg’oq Qoraqalpoqlari Qoraqalpog’iston avtonom oblastini tuzgan. 19-asr — 20-asr boshida Qoraqalpoqlarda xo’jalik, ijtimoiy va oilaviy hayotda urug’-qabila tizimi va patriarxal-urug’chilik munosabatlari qoldiqlari saqlanib qolgan. Rasmiy din — islomdan boshqa ko’pgina qadimgi diniy e’tiqodlar mavjud bo’lgan. Sobir Kamolov.