Qoraungursoy rasmlari
Qoraungursoy rasmlari — Nurota tog’lari Qoratog’ tizmasining Janubiy yon bag’ridagi Qoraungursoy qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy viloyati Navbahor tumani hududida. X.Muhamedov topgan. N.Toshkanboev, A.Kabirovlar gomonidan o’rganilgan. Rasmlar (250 dan ortiq)ning asosiy qismi miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmiga mansub, ilk o’rta asrlarga oid rasmlar ham uchraydi. Rasmlar uslub jihatidan har xil bo’lib, bu ularning turli davrlarda yaratilganidan darak beradi. Rasmlar qattiq buyumlar bilan urib-o’yib soya. Oddiy chiziqlar uslubidan ishlangan. Qoyalarda chavandozlar, ot, it, echki, qo’y, to’ngiz, arxar, yirtqich hayvonlar va boshqalar tasvirlangan. Qoraungursoy rasmlari shu hududda yashagan qadimgi ajdodlar xo’jaligi. E’tiqodi, madaniyati va san’atini o’rganishda muhim manba sifatida qimmatlidir.