Qoriyev Maqsud
Qoriyev Maqsud (1926.1.8, Toshkent) — yozuvchi va jurnalist. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1968). Toshkent yuridik institutini tugatgan. Yuridik fanlari nomzodi, dotsent (1994). «Toshkent haqiqati» gazetasida muharrir o’rinbosari, bosh muharrir (1954— 63), «Sovet O’zbekistoni» gazetasi (1964-84), «Mushtum» jurnalida bosh muharrir (1984-92). Jurnalistik faoliyati 50-yillarning boshlari. Adabiy faoliyati esa 60-yillarning 2-yarmida kichik hikoyalar yoznsh bilan boshlangan. Qoriyev «Oydin kechalar» (1968), «Jiyda gullaganda» (1970), «oy tutilgan kecha» (1971). «Qiz uzatib borganda» (1972). «Afrosiyob go’zali» (1974). «Turnalar baland uchadi» (1976) qissa va hikoyalar to’plamlarida yosh tmondosh.tari hayotiga murojaat etib, ular hayoti va ruhiy olamida kechayotgan o’zgarishlarni tasvirlashga alohida ahamiyat bergan. Qoriyevning keyingi ijodida tarixiy o’tmish mavzui ustuvorlpk qiladi: «Spitamen» (1985), «Ibn Sino» (1995). «G’aznaviylar» kabi tarixiy romanlar, «Ibn Sinoning bolaligi» (2002) qissasi kitobini yozgan. Qoriyev, shuningdek, «Davlat va huquq nazariyasi» darsligi mualliflaridan biri. Qoriyevning lirik qissalari asosida «Mirzo va Lola» telespektakli, «qaldirg’ochlar bahorda keladi» (rejissyor H.Ahmar). «Qiz uzatib borganda» (rejissyor U.Nazarov) badiiy filmlari yaratilgan. Qoriyev «Shuhrat» medali (1996) va «el- yurt hurmati» (1998) ordeni bilan taqdirlangan. As: Saylanma asarlar [3 j.lp]. 1-2- j., T.. 2000.