Qoracharvoq rasmlari
Qoracharvoq rasmlari — Nurota tog’lari Qoratov tog’ tizmasining Janubiy. yon bag’ridagi Qoracharvoq qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy viloyati Navbahor tumani hududida. 1969 yilda arxeolog A.Kabirov tomonidan topilgan va o’rganilgan. Qoracharvoq rasmlarining eng qadimgilari miloddan avvalgi 3-ming yilliklarga mansub, shuningdek, miloddan avvalgi 1-ming yillik va ilk hamda keyingi o’rta asrlarga oidlari ham uchraydi. Rasmlar qattiq buyumlar bilan urib-o’yib soya va oddiy chiziqlar uslubida ishlangan; ularda odam, yovvoyi buqa, sigir, ot, it, tuya, tog’echkisi, bug’u, to’ng’iz, bo’ri, qoplon va boshqa hayvonlar tasvirlangan. Yovvoyi hayvonlarni ovlash, chorvachilik, hayvonlar jangi bilan bog’liq manzara va lavhalar anchagina. San’at obidasi sifatida Qoracharvoq rasmlari shu yerda yashagan qadimgi xalqning madaniyati, hayoti, tarixini o’rganishda qimmatlidir.