Qayroqqum suv ombori
Qayroqqum suv ombori — Farg’ona vodiysining g’arbiy qismidagi gidrotexnika inshooti (Tojikiston va O’zbekiston hududida). Sirdaryoni to’sgan Qayroqqum gidrouzeli to’g’oni bilan hosil qilingan; 1956-58 yillarda to’ldirilgan. Suv yuzasi maydoni 513 km2, foydali hajmi 2,6 milliard m3. Uzunligi 60 kilometr, maksimal eni 20 kilometr, o’rtacha chuqurligi 8,2 metr, maksimal chuqurligi 30 metr. U Sirdaryo oqimini mavsumiy, qisman ko’p yillik tartibga soladi, doimiy sug’orish maydoni 475 ming gektardan ortiq. Qayroqqum suv ombori tarkibiga quvvati 426 MVt bo’lgan GES, to’g’on gidrouzeli, umumiy uzunligi 27 kilometr bo’lgan chap qirg’oq marza dambalari, suv osti zonasini gorizontal va vertikal Drenajlovchi nasos qurilmalari kompleksi kiradi. Suv omboridan suv o’tkazish imkoniyati 20 m3/s bo’lgan Xo’jabaqirg’on (chap qirg’oq) va Samg’or (o’ng qirg’oq) sug’orish nasos stansiyalari suv oladi.