Qalmoq tili
Qalmoq tili — mo’g’ul tillaridan biri; asosan, Roassiya Federatsiyasining Qalmog’iston Respublikasida, Astraxon va Rostov viloyatlari hamda Stavropol o’lkasida, qisman XXR va Qirg’izistonda tarqalgan. Qalmoq tilida so’zlashuvchilarning umumiy soni 180 ming kishiga yaqin (o’tgan asrning oxirlari). Qalmoq tili 2 ta — torgut va derbet lahjalariga, bu lahjalar esa o’z navbatida shevalarga ajraladi. Fonetik belgilari: cho’ziq, qisqa va noaniq, kuchsiz talaffuz etiladigan fonemalarga egaligi, tanglay garmoniyasining mavjudligi va lab garmoniyasining yo’qligi va boshqalar morfologik belgilari: 8 kelishikning mavjudligi, grammatik jins kategoriyasining yo’qligi va boshqalar Leksikasida sanskrit, Tibet, Xitoy, Arab, fors va turkiy tillardan, keyingi davrlarda esa rus tilidan kirib o’zlashgan so’zlar anchagina. Qalmoqlar 1648 yildan 1924 yil gacha mo’g’ul yozuvining zayapandit (buddaviylik targ’ibotchisi Zaya Pandit nomidan) ko’rinishidan foydalanganlar. Bu yozuvda ko’plab adabiyot yaratilgan bo’lib, ularning aksariyati 18-19-asrlarga mansub. 1924 yildan rus grafikasi asosidagi, 1931 yildan lotin grafikasi asosidagi, 1938 yildan yana rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. Ad.: Pyurbeev G.Ts., Grammatika kalmshkogo yazika. Sintaksis, Elista, 1979; Grammatika kalmmskogo yazmka. Fonetika i morfologiya, Elista, 1983; Bardaev E.Ch., Sovremennmy kalmntskiy yazmk. Leksikologiya, Elista, 1985.